So’nggi yangiliklar

18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  2 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  14 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 17:30U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  79 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  2 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  22 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8

"Paxtakor" chempionat doirasida 12 ta o'yindan beri "Qizilqum"ni mag'lub etmoqda. Navoiyliklar so'nggi bor qachon "sherlar"dan ochko olgan? Yangiliklar

"Paxtakor" chempionat doirasida 12 ta o'yindan beri "Qizilqum"ni mag'lub etmoqda. Navoiyliklar so'nggi bor qachon "sherlar"dan ochko olgan?

Teglar :  PaxtakorQizilqum
Bugun Coca Cola Superligasi doirasida "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Poytaxtliklar o'zaro so'nggi 12 ta o'yindan beri Navoiy jamoasini mag'lubiyatga uchratmoqda. Navoiyliklar oxirgi marta 2017 yilgi mavsumda o'z maydonida o'tgan bellashuvda bir ochko qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan, ushbu bahs 1:1 hisobida yakunlangan. Valentin Kovalenko boshqarib borgan uchrashuvning 13-daqiqasida SHerzod Karimovning pasidan so'ng Suhrob Nurullaev hisobni ochgan. 49-daqiqada esa Artur Gevorkyanning uzatmasidan so'ng Otabek Zokirov hisobni tenglashtirgan. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Artyom Makosin to'pni ushlashda xatolikka yo'l qo'yib, "Paxtakor" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatadi. Hakam tomonidan belgilangan 11 metrli jarima zarbasini esa Tiago Bezerra aniq amalga oshira olmaydi, u tepgan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. O'yin davomida mehmonlar ko'plab xafvli vaziyatni yaratadi, ammo goh darvozabon, goh darvoza ustuni va to'sini mezbonlarni qutqarib qolgan. SHu tariqa, uchrashuv durang natija bilan yakunlangan. 

Oliy Liga, 16-tur.
6 avgust (yakshanba)
19:00 - «Qizilqum» (Navoiy) – «Paxtakor» (Toshkent) 1:1
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Qosyiov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Gollar: Suhrob Nurullaev 13, - 0:1. Otabek Zokirov 49, - 1:1.

Amalga oshirilmagan penalti: Tiago Bezerra 64 (ustun)

"Qizilqum": Artyom Makosin, G'ayrat Jumaev, SHukurali Po'latov, Fayzulla Qambarov, SHerali Jo'raev (Nodirxon Kamolov, 82), Erkin Boydullaev (s), Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, Samandar SHodmonov (Akrom Bahriddinov, 87), Otabek Zokirov, Maksim Yurku (Bekzod G'anijonov, 58)
Zaxira: Erkin Jabborov, Viktor Grigorev, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, SHerzod Azamov, Marko Simich (s), Davron Hoshimov, Azimjon Ahmedov, Gidi Kanyuk (Jamshid Iskanderov, 84), Tiago Bezerra, SHerzod Karimov (Zabihillo O'rinboev, 87), Suhrob Nurullaev (Doston Ibrohimov, 78), Igor Sergeev
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akbar Ismatullaev, Kamoliddin Tojiev, Jamshid Yusupov


Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasidagi bo'lajak uchrashuv soat 19:00 da start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика