So’nggi yangiliklar

10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   0 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0

"Paxtakor": Bunday maydonda to'p surish – “Antifutbol” Yangiliklar

"Paxtakor": Bunday maydonda to'p surish – “Antifutbol”

Kecha Zomindagi stadionda futbol bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi 12-turidan o'rin olgan “So'g'diyona”- “Paxtakor” uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda "Paxtakor" 0:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yin haqida malumot berib o'tdik, endi uchrashuv bo'lib o'tgan maydon holati haqida iiki og'iz aytib o'tsak. Zomindagi maydon holatiga etibor beradigan bulsangiz, stadionda nafaqat yuqori tezlikda, balki umuman futbolni normal holatda o'ynab bo'lmaydi. “PFL”ning mavsumdan oldin maydonni qabul qilish uchun javob bergan qumitasi vakillari qanday tarzda bu maydonni qabul qilishgan? Agar mavsumdan oldin maydon yaxshi holatda bo'lsa nimaga bunday axvolga kelib qoldi. Xozirgi kunda maydon holatiga kim masul?

Kechagi o'yinda Paxtakor futbolchilari butun uchrashuv davomida maydonda birinchi raqamli jamoa sifatida to'p surdilar. Birinchi bo'limning o'zidayoq o'yin taqdirini hal qilib qo'yishlari mumkin edi, lekin Zomindagi “Antifutbol” maydonda to'p umuman futbolchi yo'naltirgan traektoriya bo'yicha ketmadi. Faqat yuqoridan o'zatilgan to'plar bilan o'ynash bu futbolmi yoki futbolning yangi turimi? Balkim stadion direktorining jamoasiga sovg'asidir? Mashxur aforizm bor – Maydon tekis - to'p yumaloq . Lekin bu so'zlar normal futbol maydonlari haqida. Antifutbol  maydon haqida esa so'zlar o'ylab topilmagan. Eng ashaddiy muxlis ham o'rindiq bo'lmagan stadionga bir keladi, ikki keladi, ammo sharoit bo'lmasa etiborini boshqa ishga qaratadi.

“Paxtakor” nafaqat oliy liga ishtirokchisi, balki  ko'p yillardan buyon Vatanimiz terma jamoasi uchun futbolchilar tayorlovchi klub hisoblanadi. Jamoa tarkibida to'p suradigan barcha yoshdagi futbolchilarning jismoniy holati yuqori tajribali shifokorlar guruhi tomonidan nazorat qilinadi. Kecha bo'lib o'tgan o'yinda esa jaroxat olish imkoniyati ikki barobar ko'proq edi. Bu esa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan O'zbek futboli qanday holat? Futbolchilarni sindirish uchun qilinayotgan ishmi bu? Bir necha kun ilgari “Paxtakor” O'zbekiston Kubogi baxslari doirasida “Oq Tepa” jamoasi bilan kuch sinashdi. Maydon suniy edi, lekin talablarga javob berardi. Ko'plab shifokorlar va futbol mutaxassislari suniy maydonda jarohat olish extimoli yuqori deb hisoblaydilar. “Paxtakor” mazkur o'yinda yirik g'alabaga erishdi. Maydon suniy bo'lsa xam tekis va talablarga javob bera olardi.

Yuqori saviyadagi legionerlarni mamlakatimizda tup surishini barchamiz istaymiz albatta, lekin bunday maydonni kurgan futbolchi mamlakatimizga keladimi. Terma jamoaga azo va nomzod bo'lgan futbolchilar rivojlanishi uchun bu maydon nima beradi? Bu maydon nafaqat natija balkim sportchi sog'lig'i uchun zararli desak mubolag'a bo'lmaydi.

CHempionatimizning birinchi davrasi yakunlanib bormoqda. “Paxtakor” quraga qo'ra safarda ko'p maydonga tushdi. Lekin takidlash lozimki, agar mavsum boshida maydon holatlarini biroz yomon degan bo'lsak, yoz mavsumida bunday maydonni borligi bu – “Antifutbol”. “Sug'diyona” jamoasi yaxshi shakllangan va oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa hisoblanadi. Lekin, hozirgi kunda jamoaning turnir jadvali quyi pog'onalaridan o'rin olishida mazkur maydon holatining qanchalik o'rni bor? O'tgan yili jamoa safarda “Paxtakor” bilan o'yinda 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan, lekin uchrashuv  davomida ancha tezkor va mazmunli o'yin ko'rsatganligi bilan esda qolgan edi. Kecha biz bu narsani ko'rmadik.

“Paxtakor” O'zbek futboli bayroqdori. Klub tomonidan mazkur mavsumda futbolni ommalashtirish uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy akciyalar o'tkazilib OAV tomonidan yoritilmoqda. Klub rahbariyati tomonidan olib borilayotgan siyosat O'zbek futboli rivoji uchun qilinayotgan ishlar, barchaga malum. Faqatgina bu ishlar maydondan tashqarida amalga oshirilmoqda. Maydonda esa futbolchilar to'p suradilar.Maydon xolati Zomindagi stadiondagidek bo'lib qolaversa futbol rivojlanmaydi!

"Paxtakor" futbol klubi matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика