So’nggi yangiliklar

22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  5 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  12 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9

"Paxtakor" birinchi o'yinini o'tkazganiga 63 yil to'ldi Yangiliklar

"Paxtakor" birinchi o'yinini o'tkazganiga 63 yil to'ldi

Teglar :  Paxtakor
1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o'zining ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushgan.

1951 yil Toshkentda "Paxtakor" qishloq sport jamiyati tashkil etilgan, ammo futbol jamoasi sifatida faoliyatini "Paxtakor" 1956 yil yanvar oyidan boshlagan. Murabbiylikka "Dinamo" Moskvadagi ishi bilan tanish bo'lgan taniqli mutaxassis Valeriy Bextenev taklif etilgan. 1955 yil Odessada bo'lib o'tgan qishloq jamoalari o'rtasida Sobiq Ittifoq birinchiligida "Paxtakor" qatnashgan. CHempionatlardagi ilk rasmiy uchrashuvi esa 1956 yil 8 aprel sanasiga to'g'ri kelgan.

Dastlabki uchrashuvlarini O'zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o'tkazgan. CHunki ayni paytda yurtimizning bosh arenasiga aylangan "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o'tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to'qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yin qaydnomasi bilan tanishing:


"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.

"Paxtakor": Pyotr Volostnov, Akmal Azizxo'jaev, Anatoliy Kozenkov, Vitaliy Vitkalov, Idgay Tazetdinov, Qobil Muqimov, Yakov Kaprov, Laziz Maqsudov, Vladimir Kanunnikov, Aleksandr Murashov, Mixail Borkin.

Gol: Laziz Maqsudov, 44-pen.


Hozirga kelib "sherlar" 11 martadan O'zbekiston chempionatida va Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. CHempionlar Ligasida yurtimiz sharafini eng ko'p bor himoya qilgan jamoa ham "Paxtakor" hisoblanadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика