So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

"Paxtakor": Birinchi chempionlikka 25 yil to'ldi Yangiliklar

"Paxtakor": Birinchi chempionlikka 25 yil to'ldi

Teglar :  Paxtakor
Bugun "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritganiga 25 yil to'ldi.

1991 yil rossiyalik mutaxassis Aleksandr Tarxanov qo'l ostida jamoa shakllantirilga kirishgan. Rejalashtirilgan MDH chempionati o'tkazilmagach, 1992 yil 28 mart kuni O'zbekiston chempionatining birinchi tur uchrashuvlari o'tkazilgan. Jamoani maydonga Ahrol Inoyatov boshlab tushgan. O'shanda maydonga tushgan tarkibdan Murod Aliev eng uzoq vaqt mobaynida jamoa sharafini himoya qildi.

O'sha mavsumda "Paxtakor" deyarli 100ga yaqin to'p kiritdi. 24 gol urgan Valeriy Kechinov chempionatning birinchi to'purariga aylandi. O'sha yili u OAV so'rovnomasiga ko'ra, mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1992 yil 1 noyabr kuni "Paxtakor" mavsumdagi oxirgi o'yinini o'tkazdi. "Kosonsoychi"ga qarshi Toshkentda o'tkazilgan bellashuvda jamoamiz 7:2 hisobida g'alaba qozondi. Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan bir xil ochko to'plagan "Paxtakor" ushbu jamoa bilan birgalikda O'zbekiston chempioni sifatida elon qilindi.

Quyida 1992 yilgi mavsumda "Paxtakor" sharafini himoya qilgan futbolchilar va ularning o'sha chempionatdagi ko'rsatkichlari keltirilgan.


Futbolchi

O'yinlari

Daqiqasi

Gollari

Murod ALIEV

31

2488

1

No'mon HASANOV

30

2563

9

Anvar JABBOROV

30

2456

0

Farhod MAGOMETOV

29

2565

2

Rifat GALIEV

29

1842

9

Ilhom SHARIPOV

28

2361

8

Valeriy KECHINOV

28

2232

24

Yorqin NAZAROV

26

1868

2

Abduqahhor MA'RUFALIEV

25

1974

4

Igor VOLKOV

25

1681

4

SHuhrat MAQSUDOV

20

1328

12

Hikmat ERGASHEV

19

1553

1

Mahmud SOBIROV

16

991

0

Sobir XODIEV

15

1172

6

Oleg SINELOBOV

14

1258

8

Aleksandr KOJUXOV

12

943

1

Saydullo TURSUNOV

12

939

0

Pavel BUGALO

7

261

0

Nikolay SHIRSHOV

5

157

0

Mirjalol A'ZAMOV

4

225

0

Aleksandr ABDUXOLIQOV

4

217

0

Baxtiyor DADAMATOV

3

73

0

Denis IVANKOV

3

66

0

Mahmud TO'RAXO'JAEV

3

27

0

Oleg SHACKIX

2

164

2

Ruslan AHMEDXONOV

2

97

0

Andrey YAROVOY

2

66

0

Dilmurod NAZAROV

2

37

0

Sanjar MAQSUDOV

2

13

0

"Paxtakor" futbol klubi rahbariyati ilk chempionlik qo'lga kiritilishiga hissa qo'shgan barcha insonlarni 25 yillik yubiley bilan tabriklab, ularga chuqur hurmatini izhor qiladi. Biz sizlarni hamisha eslaymiz, yutuqlaringizni yodga olamiz va ular bilan faxrlanamiz!


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика