So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  9 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Paxtakor" bilan Krimec o'rtasida qanday muammo yuz berdi? Yangiliklar

"Paxtakor" bilan Krimec o'rtasida qanday muammo yuz berdi?

Jarohat tufayli o'tgan mavsumning katta qismini maydon tashqarisida o'tkazib yuborgan Egor Krimec 2022 yilning avvalida "Navbahor"ga ko'chib o'tdi.

SHundan keyin "Paxtakor" rahbariyati va jamoaning sobiq sardori o'rtasida nizoli holat yuzaga keldi. Aniqrog'i, klubdan 2021 yilgi mavsum uchun olishi kerak bo'lgan mukofot pullarini ololmagan 30 yoshli himoyachi o'z haqini huquqiy yo'l bilan undirishga harakat qildi. Bunda Krimecning manfaatlarini "Sila" kompaniyasi yuristi Mixail Prokopec himoya qildi (Mazkur huquqshunos oldinroq "Navbahor" bilan ro'y bergan mojaroda Kanchelskis va Belenkovning vakili sifatida qatnashgan edi).

Gap taxminan 3 mlrd so'm haqida ketmoqda. Bu ish Futbolchilarning o'tishi va maqomi bo'yicha qo'mitada bir necha bor ko'rib chiqilgan. Bizga malum bo'lishicha, "Paxtakor" yaqinda himoyachi bilan tinchlik bitimi imzolashga erishgan. Nizoni hal qilish uchun Krimecga qancha mablag' to'langani hozircha malum emas.

O'tgan yilning 18 iyunida elon qilingan materialda Egor Krimecning yillik maoshi 153 mln ekani aytilgan. Bundan tashqari, uning shartnomasida 4 mlrd so'mdan oshiqroq mukofot puli belgilangan. Bu mablag' homiylar hisobidan qoplanadi (Krimec "sherlar" tarkibida Eren Derdiyokdan keyin eng ko'p pul to'lanadigan futbolchi edi).

Malumot uchun, Egor "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yilda jamoaning asosiy sardori etib tayinlangan edi. 

mutolaa uchun: "Paxtakor" himoyasi abgor bo'ldi. Nega? 

Muallif :
Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика