So’nggi yangiliklar

11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  7 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16

"Paxtakor" BAAda: 2-kun Yangiliklar

"Paxtakor" BAAda: 2-kun

Teglar :  Paxtakor
"SHerlar" dasturi 17 fevral kuni ikki mahal mashg'ulotdan iborat bo'ldi.

Kunning birinchi yarmida futbolchilarning bir guruhi Laslo Yambor qo'l ostida "The Meydan" mehmonxonasi fitnes zalida shug'ullanishdi. 13 nafar o'yinchi bir yarim soatga yaqin vaqt mobaynida jismoniy imkoniyatlarni o'stirishga mo'ljallangan mashqlarni bajarishdi.

Kechki mashg'ulot esa "Nad Al SHeba" majmuasi maydonida bo'lib o'tdi. Maydonga tushgan futbolchilar dastlab Gocha Tkebuchava boshchiligida ozroq qizishib olishdi. Keyin esa tezlik bilan to'pni bir-birlariga etkazib berish, kichik hududda raqib bosimidan chiqib ketish uchun turli holatlar ustida mashq qilindi. Navbatdagi ikki mashqda uch futbolchi ikki raqibga tezkor hujum uyushtirish va hujumni zarba bilan yakunlash, shuningdek, o'yindagi turli taktik vaziyatlarda qanday yo'l tutish kabi holatlarga etibor qaratildi.

Ikkinchi kungi mashg'ulot to'pni qanotdan jarima maydoniga oshirib berish hamda jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'llash mashqlari bilan yakunlandi.

17 fevral kuni "Paxtakor" BAA yig'inidagi birinchi nazorat bellashuvini mahalliy "Al-Dafra" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin "Jebel Ali" majmuasi stadionida Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика