So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

"Paxtakor" - "Al Ayn": O'yindan oldingi malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Al Ayn": O'yindan oldingi malumotlar

Bugun Osiyo chempionlar ligasi 3-tur doirasida "Paxtakor" o'z maydonida BAAning "Al Ayn" klubini qabul qiladi.
Quyida mazkur uchrashuv bilan bog'liq bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.

- "Paxtakor" OCHLda 12-bor ishtirok etmoqda. Bu musobaqaning rekordi hisoblanadi. "Al Ayn" esa o'ninchi marta OCHLda to'p surmoqda.

- Har ikkala jamoa 2010 yil bir guruhda kurash olib borgan va har ikkala o'yinda ham "Paxtakor" g'alaba qozongan: uyda 3:2, safarda 1:0.

- "Paxtakor" tarkibida Igor Sergeev bilan Kaxi Maxaradze ikkitadan gol urgan holda jamoaning eng yaxshi to'purarlari bo'lib turishibdi.

- 2010 yil "Paxtakor" "Al Ayn"ga qarshi kurash olib borgan paytda Stanislav Andreev, SHerzod Karimov, Kamoliddin Tojiev va Murod Xolmuhamedov singari futbolchilar harakat qilishgan. Bilasiz, bu o'yinchilar hozir ham "Paxtakor" azosi hisoblanadi.

- "Paxtakorchilar"dan Igor Sergeev, Egor Krimec va Davron Hoshimov hisobida bittadan sariq kartochka bor. Agar ular yana ogohlantirish oladigan bo'lsa, navbatdagi turni o'tkazib yuborishadi.

- "Paxtakor" oliy ligani o'z maydonida "Olmaliq"qa qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan boshladi.

- "Al Ayn" bungacha ikki marta O'zbekistonga kelgan. 2006 yil jamoa "Mashal"ga qarshi 1:1 o'ynagan bo'lsa, 2010 yilgi mavsumda "Paxtakor"dan 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

- "Al Ayn" klubining besh nafar futbolchisi - Muhammad Abdulrahmon, Mohanad Salem, Li Myung Ju, Ahmed Barman va Saeed Musabbeh hisobida bittadan sariq kartochka mavjud.

- "Al Ayn" milliy chempionatda juma kuni "Al Dafra" mehmoni bo'lib, 1:1 hisobini qayd etdi.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика