Paulu Souza: "'Nasafni yaxshi bilamiz. Ular hozirgacha ko'proq ochko to'plashga loyiq edi"
20 okt 22:32
Yangiliklar
Paulu Souza: "'Nasafni yaxshi bilamiz. Ular hozirgacha ko'proq ochko to'plashga loyiq edi"
"Shabab Al Ahli" jamoasi bosh murabbiyi Paulu Souza Elit Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida O'zbekistonning "Nasaf" jamoasiga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Oldinda muhim uchrashuv kutayapti. Biz uchun uyda yoki safarda bo'lishidan qati nazar, har bir o'yin o'ziga xos ahamiyatga ega.
Raqibimizni yaxshi bilamiz, o'tgan yili ular bilan to'qnashganmiz va bellashuvlar juda qiyin kechgandi. "Nasaf" murabbiyi katta tajribaga ega va uning jamoasi hozirgacha ko'proq ochko to'plashga loyiq edi. Ertangi o'yinda bizni jiddiy sinov kutmoqda.
Jarohatlanishlar va yo'qotishlar tufayli ertangi o'yinda kimlar ishtirok etishini aniqlash ustida ishlayapmiz. Ijobiy natijaga erishishga va professionallikni namoyish etishga intilamiz. Shuningdek, hujum chizig'ida imkoniyatlarni golga aylantirib, g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz", dedi 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar