Paketa Londonda. "Vest Xem"ga o'tish yaqin soatlarda amalga oshadi
28 avg 2022 14:01
Yangiliklar
Paketa Londonda. "Vest Xem"ga o'tish yaqin soatlarda amalga oshadi
"Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketa "Vest Xem" bilan shartnoma imzolash uchun Londonga keldi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. O'yinchi yaqin soatlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng "bolg'a urarlar" bilan shartnoma imzolaydi.
Bitim narxi 50 million funt sterlingni tashkil etishi xabar qilingan.
Paketa "Lion"ga 2020 yilda o'tgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
24 yoshli braziliyalik o'tgan mavsum "Lion" safida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar