So’nggi yangiliklar

00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 0:2 (матнли трансляция)   149 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1

Payshanba - muxlis minbari: Bunyodkorning o'yiniga oddiy muxlis nazari… Yangiliklar

Payshanba - muxlis minbari: Bunyodkorning o'yiniga oddiy muxlis nazari…

Bugungi o'yin Bunyodkor uchun og'ir kechdi. Bunga asosiy sabablardan biri jamoa yagona nominal markaziy yarim himoyachi bilan o'ynaganini ko'rsatsak bo'ladi.
Ha, Javlon Ibrohimov Bunyodkor tarkibida gollar urib unchalik ko'zga tashlanmaydi, ammo uning qanchalik muhim o'yinchi ekanligini u maydonda yo'q paytlari tushunamiz. SHu bilan birga Bunyodkor himoyachilarini tezlik borasida muammolari yaqqol ko'zga tashlandi. Endi har bir o'yinchining harakatlariga alohida to'xtalsak:

1. Pavel Bugalo – Bugaloni asli Bunyodkor ikkinchi darvozabon sifatida qabul qilgandi (mavsum davomida asosan zaxirada o'tirishga rozi bo'ladigan Bugalo saviyasidagi darvozabonni topish oson emas…), u so'zsiz tajribali darvozabon, o'yinni ham yomon o'tkazmadi, bir necha vaziyatlarda ishonchli harakat qildi, ayniqsa, jarimadan berilgan zarbadan so'ng jamoa joniga oro kirdi. Bunday darvozabondan Bunyodkor yosh darvozabonlari foydalanib qolishadi degan umiddaman, aks holda Pavel 50 yoshgacha futbol o'ynashiga to'g'ri kelmasaydi…

2. Anvar G'ofurov – Bu futbolchini ko'pchilik muxlislar o'ng qanot himoyasidagi o'yinlari orqali eslashadi, shu bilan birga unda kuchli zarba va autdan to'pni olisga etkazib berish kabi xususiyatlari bor. Ushbu futbolchidan chap qanot himoyachi sifatida foydalanish unchalik ham o'zini oqlamayapti nazarimda, u bu poziciyada autdan to'pni olisga etkazib berish xususiyatinigina namoyon eta olayapti xolos, yana unda etarlicha motivaciya yo'qdek.

3. Xayrulla Karimov – Karimov O'zPFLdagi eng tajribali va ishonchli markaziy himoyachilardan biri, tezlik borasida maqtana olmaydi, shuningdek intizom borasida ham muammolar bor, ammo u olayotgan kartochkalarning aksariyatiga majburiy chora sifatida qarashimiz mumkin. Xayrulla o'zining futboldagi ikkinchi yoshligini boshdan kechirayapti va undan bundan ortig'ini kutishning ham keragi yo'q…

4. Sergey Simonenko – bir qarashda uning bosiqqon va tajribali himoyachi ekanligi ko'zga tashlanadi, shaxsan men unda “taxta” sindromini ko'rganday bo'layapman, yani undan bir harakatda osonlik bilan o'tib ketish mumkin, u esa bir muddatga taxtaday qotib qolar ekan…

5. Akmal SHorahmedov – Akmalning o'yindan-o'yinga ochilib borayotganini ko'rishimiz mumkin va bunda Mirjalol Qosimovning hissasi katta. SHorahmedov alohida texnikasi yoki tezligi bilan ajralib turmaydi, u mehnatkash futbolchilar toifasiga kiradi. Qanotdan ham to'pni yaxshi uzatadi, ammo manzilli to'p uzatishlar kam ko'ringanday bo'ldi.

6. Sardor Rashidov – Sardorga MTJ kelajagi sifatida qaralmoqda, bundan u osmonga chiqib ketmasa bo'lgani. Rashidov o'yinni o'z saviyasidan kelib chiqqan holda o'rtacha o'tkazdi. Agar jahon darajasidagi o'yinchi bo'lishni xohlasa 1-2 mavsumdan so'ng kuchliroq chempionatga ketgani yaxshi. Uning o'yin uslubiga yaqin Garet Beylning o'yinlariga qarang…

7. Bahodir Pardaev – Bahodir texnikasi yaxshi o'yinchilardan biri. U bugun o'ziga bo'lgan etiborga yarasha o'yin ko'rsatdi. Unga ko'proq imkoniyat berish kerak, shunday futbolchilar etiborsiz qolayotganligi uchun ham chempionatimizda legioner hujumchilardan ko'proq foydalanishga to'g'ri kelayapti…

8. Dilshod Jo'raev – Yana bir umidli yoshlarimizdan biri. Ochig'i unga yosh futbolchi sifatida qarashni to'xtatishimiz kerak, allaqachon muhim vazifalarni elkasiga yuklaydigan vaqt kelgan va buni murabbiy amalga oshirayapti ham. O'yinni juda yuqori saviyada o'tkazmadi. U ko'proq hujumlarni buzishda qatnashdi. Dilshodni hujum tashkil qilishdagi salohiyatini ham ko'rsatishi kerak…

9. Karles Koto – Karles yuqori texnikali “haqiqiy” legioner. To'g'ri u Bunyodkor o'yiniga to'laligicha qo'shilib keta olmayotganligi haqida gap-so'zlar bo'ldi. Alohida vaziyatlarni olib qaraydigan bo'lsak, birtepar uslubiga moslashganligi ko'rinadi. Men esa uning o'yinini boshqacha baholayman – u bizning o'yinga emas, biznikilar unga moslashishsa foydaliroq bo'lardi, Koto biznikilardan ancha tezroq fikrlaydi va eng asosiysi u kabi legionerlar bizning futbolga MDH mamlakatlaridan kelgan futbolchilardan farqli o'laroq yangi elementlarni olib kirashadi, legionerlarni taklif qilishdan maqsad ham shu emasmi aslida…

10. Vohid SHodiev – O'zbek futboli hujumchilar deficitini his qilayotgan davrda unchalik ham yomon ko'rinmadi. Hamma tanqidga uchrayotgan bir paytda gol urgan yagona futbolchimizni ham tanqid qilsak insofdan bo'lmas…

11. Oleksandr Pishur – SHarhlar davomida top darajadagi o'yinchiga chiqarilayotgan ushbu legionerimiz o'yinni yomon o'tkazmadi, bitta golli to'p uzatishni amalga oshirdi, umuman olganda esa u bizning futbolchilarimizdan kuchli psixologiyasi bilan ajralib turadi xolos, boshqa barcha parametrlar bo'yicha esa (bo'yini hisobga olmaganda) biznikilardan unchalik farq qilmaydi. Hozircha Pishur darajasidagi hujumchilar ham o'zbek hujumchilaridan kuchliroq ekan, nima ham derdik yoshlarimiz ulg'ayishini kutishda davom etamiz…

12. Zaxiradan tushganlar haqida gapiradigan bo'lsak, Berdiev ham, Zoteev ham birdek harakat qilishdi. Rahmatullaev esa yuqori texnikali o'yinchi bo'lishiga qaramay biz kutgan darajada asosiy tarkibdan o'rin olmayapti.
Umuman olganda Bunyodkorning bugungi o'yini ichki chempionatimizning asl ahvolini ko'rsatib turibdi. Milliy chempionatimiz esa bu alohida katta mavzu…

UMID91 nikili o'quvchi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика