So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Pahlavon Mahmud diyoridan tabrik Yangiliklar

Pahlavon Mahmud diyoridan tabrik

1996 yildan 2007 yilgacha “Sport” va “O'zbekiston futboli” gazetalarining Xorazm viloyati bo'yicha muxbiri vazifasida ishladim.
Dastlabki yillarim edi. Sport jurnalistikasi endigina rivojlanib borayotgandi. Ushbu sohada qalam tebratayotganlar oz edi, o'shanda. Quvonarlisi, bugungi kunda mamlakatimizda ko'plab sport va futbol nashrlari, internet saytlari faoliyat yurityapti. Sport jurnalistikasida ijod qilayotganlarning soni ham keskin oshgan.
  
Mana bugun, mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Mubolag'a emas, ushbu qutlug' ayyom shu soha vakillariga faxr hissini bag'ishlayotir. Fursatdan foydalanib, yurtimiz sport jurnalistikasida munosib o'rin egallashimda yaqindan yordam berishgan, o'zlarining foydali maslahat va ko'rsatmalari bilan meni ruhlantirishgan hurmatli ustozlarim Safar OSTONOV, Asror MO'MIN, Axbor IMOMXO'JAEV, Komil JUMAEV, Haydar AKBAROV, Asliddin BOLIEV va birga ishlashgan barcha hamkasblarimni, shuningdek, championat.asia sayti ijodkorlarini, viloyatlarda jonbozlik ko'rsatayotgan hamkasb-do'stlarimni, qo'yingi mamlakatimizda izchil faoliyat yuritayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini  kasb bayramlari bilan chin ko'ngildan tabriklayman va ijodlariga baraka tilayman. Hayotingiz quvonchli kunlarga to'la bo'lsin. Xonadoningizdan sevinch va omad sira arimasin.  QUTLUG' AYYOMINGIZ MUBORAK, HAMKASBLAR!

Sizga hurmat va ehtirom bilan

Ikrom XUDOYBERGANOV,
Urganch shahri.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика