So’nggi yangiliklar

04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  2 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  0 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  9 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  19 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  1 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  4

O'zPFL rahbari va CAFA bosh kotibi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'zPFL rahbari va CAFA bosh kotibi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Teglar :  PFL CAFA
Markaziy Osiyo futbol associaciyasi (CAFA) bosh kotibi Ulug'bek Karimov hamda O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo'jaev U20 Osiyo kubogining final uchrashuvi arafasida uchrashuv o'tkazdi.

CAFA bosh kotibi 17-mart kuni Coca-Cola Superliga 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor” — “Navbahor” markaziy uchrashuvini stadionda kuzatdi. 18-mart kuni esa Liga ofisiga tashrif buyurdi. Xabaringiz bor, ayni vaqtda CAFA tarixda ilk bor o'ziga azo associaciyalarning milliy terma jamoalari o'rtasida xalqaro musobaqa tashkil qilish ishlari bilan band. Reja amalga oshsa, mazkur musobaqada 8 mamlakat milliy terma jamoalari ishtirok etishi katta ehtimol.       


O'zPFL esa Markaziy Osiyo mamlakatlari professional futbol ligalari bilan hamkorlikda futbol klublari ishtirok etadigan musobaqa sari bosqichma-bosqich yaqinlashishni rejalashtirgan. Avvalroq Liga bu rejasini OFK tomonidan tashkil etilgan Elit klublar musobaqalari ishchi guruhining yig'ilishida ham malum qilgandi. Endilikda bu g'oyani CAFA ham qo'llab-quvvatlashga harakat qilishini malum qildi.


Malumot uchun, Liga kubogi yuzasidan mart oyi avvalida Toshkentda O'zbekiston va Qirg'iziston futbol ligalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgandi. SHuningdek, 2022-yilning iyulida O'zPFL vakillari Tojikistonning Dushanbe shahrida Tojikiston ligasi vakillari bilan ham maslahatlashuv o'tkazgandi. Musobaqa tashabbuskori sifatida O'zbekiston Professional futbol ligasi tez orada o'zining dastlabki konkret taklifini Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston va Turkmaniston ligalariga taqdim etadi. Boshlanishiga klublar ishtirokida xalqaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilishi, keyinchalik u rasmiy musobaqaga aylanib borishi ko'zda tutilgan. 


O'z navbatida Liga CAFA tashkil etishni rejalashtirayotgan milliy terma jamoalar ishtirokidagi musobaqani o'tkazish yuzasidan barcha yordamga tayyor ekanligini bildirdi. Ayni vaqtda O'zbekistondagi stadionlar bunday masshtabdagi musobaqalarni o'tkazish talablariga to'la javob beradi. Qolaversa, milliy terma jamoaning O'zbekistondagi uchrashuvlarini futbol muxlislari ham sog'ingan.


Ishonamizki, 2023-yil CAFA azo mamlakatlari hamda Markaziy Osiyo futbol ligalarining o'zaro hamkorligi yangi bosqichga chiqqan mavsum sifatida tarixda qoladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика