So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  14 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

O'zPFL mashg'ulotlarni boshlash mumkinligini rasman malum qildi Yangiliklar

O'zPFL mashg'ulotlarni boshlash mumkinligini rasman malum qildi

Malumki, joriy yil 16 martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashg'ulotlari va tadbirlari koronavirus infekciyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni o'tkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha to'xtatilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig'ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o'z o'quv-mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O'zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berildi. Bunda futbol uchrashuvlari tomoshabinlar ishtirokisiz o'tkaziladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarni davom ettirilishidan oldin futbolchilar o'z sport formalarini tiklashi uchun bir necha kun kerak ekanligidan kelib chiqib, O'zbekiston chempionati musobaqalari aynan qaysi sanadan davom ettirilishi bo'yicha alohida malumot beradi.

SHu munosabat bilan, futbol klublari  professional futbolchilarni malakali murabbiylar nazorati ostida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qatiy amal qilish sharti bilan futbol klublari bazasi negizida mashg'ulotlar jarayonini boshlashi mumkinligini malum qilamiz.

SHuningdek, rasmiy o'yinlar boshlagunga qadar o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi mumkin.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика