So’nggi yangiliklar

20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  0 20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  15 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0

O'zPFL komissarlari uchun seminar tashkil etildi Yangiliklar

O'zPFL komissarlari uchun seminar tashkil etildi

Zamonaviy futbolda klublar hamda terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarni yuqori darajada tashkil etishda komissarlarning o'rni nihoyatda muhim sanaladi.

SHu boisdan FIFA ham, Osiyo futbol konfederaciyasi ham malakali uchrashuv komissarlarini tayyorlash, ularning bilim va ko'nikmalarini muntazam oshirib borishga harakat qiladi.

Oldinroq xabar berganimizdek, o'tgan haftada qita futbol konfederaciyasi FIFA bilan hamkorlikda komissarlar uchun seminar tashkil etgan va unda bir qator o'zbekistonlik mutaxassislar ham qatnashishgan edi.



24-25 iyul kunlari esa O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi ham milliy chempionatimiz uchrashuvlarida faoliyat olib boradigan komissarlar uchun birinchi marta o'quv-seminari tashkil etdi. Seminarni FIFA komissari Olim Arifov olib bordi.



Seminar davomida uchrashuv komissarining vazifa va vakolatlari, komissarlar o'yinning yaxshi saviyada tashkil etilishida etibor qaratishi lozim bo'lgan jihatlar, ushbu sohadagi yangiliklar, qolaversa, xalqaro darajadagi o'yinlarni o'tkazishda FIFA va OFK tajribalari xususida mutaxassislarimizga batafsil malumot berildi.

Ikki kundan iborat bo'lgan seminar davomida FIFA instruktori Vladislav Ceytlin o'yin qoidalari bo'yicha taqdimot o'tkazdi. SHuningdek, O'zPFL Licenziyalash bo'limi boshlig'i Aleksandr Davidenko yangi ishlab chiqilayotgan elektron tizimda o'yin boshlang'ich tarkiblari hamda qaydnomalarni to'ldirish bo'yicha malumot berdi.



Bundan tashqari “Paxtakor” stadionida o'yin tashkilotchiligi, uchrashuv oldidan stadionni ko'zdan kechirish, o'yin oldi va undan keyingi jarayonlarni bajarish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ham tashkil etildi.

O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ham milliy chempionatimiz uchrashuvlarida faoliyat olib boradigan komissarlar bilan uchrashib, ularning zimmasida ulkan masuliyat, shu bilan bir qatorda ularga nisbatan yuksak ishonch bor ekanini alohida qayd etdi.



- Komissar – O'FA hamda O'zPFLning uchrashuv o'tadigan stadiondagi vakili sifatida barcha tashkiliy masalalarga masul sanaladi. Bundan buyon har bir komissarning ish faoliyati o'rganib, tahlil etib boriladi. Bunday seminarlar tez-tez tashkil etilib, komissarlarimiz malakasini va ish tajribasini oshirishga, xalqaro uchrashuvlarda ishlaydigan etuk komissarlar tayyorlashga harakat qilamiz, - dedi Ravshan Ermatov.

Seminar yakunida ikkinchi davra uchrashuvlarida faoliyat olib boruvchi komissarlarga O'FA Birinchi vice-prezidenti tomonidan sertifikatlar topshirildi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика