So’nggi yangiliklar

08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  0 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  7 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  15 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  5 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  3 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  15 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  49 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0

O'zimizniki bo'lib qolgan Devid Oniya. Endi u oramizda yo'q Yangiliklar

O'zimizniki bo'lib qolgan Devid Oniya. Endi u oramizda yo'q

14 iyun, futbol olamida yo'qotish yuz berdi. O'zbek futboli jamoatchiligiga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan Devid Oniya 13 iyun kuni olamdan o'tdi.
Keling quyida marhumning yurtimizda o'tkazgan yillariga nazar tashlab o'tamiz.

Nigeriyalik futbolchi mamlakatimizdagi 7 yillik faoliyati orqali o'zidan yaxshi nom qoldirgan deb bemalol ayta olamiz. Yodingizda bo'lsa, 2007 yili Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov qora tanli futbolchini o'z jamoasiga taklif etgandi. Unga qadar “Navbahor”da Oniyaning yurtdoshi Patrik Agbo o'ynagandi. O'sha yillar davomida Nigeriyalik futbolchilarning oliy ligamiz klublariga kelib qo'shilishi tabiiyki muxlislar uchun ham qiziqarli bo'lgandi va aytish joizki, bu transferlar o'ziga xos shov-shuv uyg'otgandi.

Oniya “Dinamo”dagi ilk mavsumida 3ta o'yin o'tkazgan. Dastlabki mavsum ko'pincha legioner uchun yangi chempionatva yangi muhitga ko'nikish jarayoni bo'ladi. Devid Faramolada ham shunday xolat kuzatildi. 2008 yildan esa Oniya o'zini ko'rsata boshladi va O'zbekistonga shunchaki sayoxatga kelmaganini isbotlay oldi. Murabbiy unga 25 uchrashuvda o'ynash imkoniyatini berdi. Nigeriyalik himoyachi ushbu chempionat davomida raqiblari darvozasi tomon ikki bor yo'l topa oldi va gol urish borasida ham imkoniyati yuqori ekanligini namoyon etdi. Ammo hakamlar tomonidan ogohlantirish borasida ham Oniya “faollik” ko'rsatdi, 12ta sariq kartochka.



Keyingi yil esa Devid “Dinamo”ning chinakam etakchilaridan biriga aylana oldi. Himoya chizig'idagi jonbozliklari evaziga samarqandliklarning yoqimtoyiga ham aylanib ulgurgandi. Klubda qaysi murabbiy ishlamasin, Oniyaning mudofaa chizig'idagi joyi naqd edi. Albatta nigeriyalik futbolchi bunga o'z mexnatlari natijasida erishganini etirof etish lozim. 2009 yilgi chempionatda Devid Faramolaning statistikasi quyidagi bo'lgandi: 29 o'yin, 3ta gol, 3ta sariq va 1ta qizil kartochka.

Mazkur ortda ortda qolgan mavsumlarda legioner maqomini to'liq oqlashga erishgan Oniyaga yurtimizdagi boshqa klublar ham qiziqish bildira boshladi. Unga jiddiy taklif bilan chiqqan etakchi jamoalar uchragan bo'lsada, Devid Samarqand yoqib qolganini va “Dinamo” uchun o'ynashda davom etishini bildirardi. CHindan ham shunday bo'lganini uning Samarqandda o'zbek qizi bilan oila qurganidan bilish qiyin emasdi. O'z vataniga yilda nari borsa bir marotaba borib kelgan Devid Samarqandda uylanib, mustaqil oila bilan istiqomat qila boshladi. Devid turmush o'rtog'i bilan ko'p o'tmay, qiz farzandlik bo'ldi. O'z intervyularining birida Oniyani oilasini vataniga olib borib, ota-onasiga tanishtirishini bildirib o'tganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak.



2010 yilda ham Oniya “Dinamo”da qolib, faoliyatini ushbu klubda davom ettirdi. Himoya qo'rg'oni aynan ushbu legioner atrofida qurila boshladi. O'z ishiga jiddiy tarzda yondoshishi natijasida Devid jamoaning asosiy figurasiga aylanish bilan birga, xatto jamoa sardori darajasigacha ko'tarildi. Ushbu mavsumda nigeriyalik futbolchi 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Hakamlar tomonidan esa uch marotaba sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.

Bu vaqtlar oralig'ida Devid Faramola futbolchi sifatida oldinga o'sgan bo'lsa, o'sdiki aslo quyiga qarab ketmadi.
2011 yilning boshida futbolchi oldidagi takliflar juda jiddiy edi. “Dinamo” safida 4 yillik faoliyati davomida birorat ham sovrin yuta olmagan nigeriyalik legionerda xalqaro maydonlarda o'ynash varianti tug'ildi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” himoya qo'rg'onini aynan Devid yordamida kuchaytirishga urindi va buning uchun har ikki klub bir vaqtda unga taklif bilan chiqdi. O'shanda tushunmovchilik yuz berganini o'quvchilarimiz yaxshi bilishsa kerak. Yani Devid Oniya bir vaqtning o'zida “sherlar” va “qaldirg'ochlar” bilan shartnoma imzolab qo'yib, o'zini-o'zi qiyin vaziyatga solib qo'ygandi. Har ikki klub ham unga umidvor bo'lib qolgandi. Lekin ushbu ishlardan so'ng Oniyaga Toshkent jamoalarida o'ynash nasib etmadi va u yana Samarqandga qaytib ketgandi.

Garchi shunday bo'lsada, 2011 yilgi mavsum ham Oniya uchun yomon o'tmadi. Futbolchi jamoasining chempionatdagi 24ta uchrashuvida ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa Oniyaning “Dinamo”dagi so'nggi mavsumi edi. Boisi 2012 yili Tachmurod Agamurodov “Buxoro” boshqaruvini qo'lga olgach, o'zi yaxshi bilgan nigeriyalik futbolchini ham jamoasiga chorladi. Devid yangi klubi tarkibida ham yo'qolib qolmadi. Aksincha etakchilikni o'z qo'liga oldi. 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. 2013 yilda esa afrikalik futbolchi 25ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga yana 1ta gol yozdirib qo'ydi. Mudofaa chizig'ida o'z ishini bajarishdan tashqari, burchak to'plari amalga oshirilayotganida sheriklariga yordamga o'tishni o'ziga odat qilib olgan Oniya bu borada ham boshqalarga namuna bo'lgan.



2013 yilning yarmida Agamurodovning buxoroliklar bilan xayrlashishi Devid uchun ham qandaydir yoqimsiz edi. CHunki uni O'zbek futboliga aynan Tachmurod SHamakovich olib kirgandi. Xullas Oniya 2014 yili “Neftchi”ning taklifini qabul qilib, farg'onaliklar bilan bitim imzoladi. Ammo qishda bo'lib o'tadigan “Futbol-MED” tibbiy ko'rigidan afrikalik futbolchi muvaffaqiyatli o'ta olmadi. Natijada Murod Ismoilovning tashvishi ortdi. Oniyaning birinchi davrada “Neftchi”ga yordam bera olmasligi aniq bo'lib ulgurgach, farg'onaliklar o'z safiga so'nggi pallalarda boshqa bir markaziy himoyachi Aleksandr Kleckovni qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi. “Futbol-MED” tashkiloti mavsumning birinchi yarmini maydon tashqarisida o'tkazgan Devid Faramolaning ikkinchi davrada ham oliy ligamiz klublarida o'ynashiga ruhsat bermadi. Natijada o'zimiznikidek bo'lib qolgan futbolchi majburiy ravishda faoliyatini xorijda davom ettirishga qaror qildi. O'yin amaliyotsiz qolib ketgan himoyachiga bu vaqtda o'zi istaganidek klublar taklif bilan chiqishi qiyin edi. Buni Oniyaning o'zi ham yaxshi tushunib turgandi.



O'tgan yili Devid Malayziya chempionati qatnashchisi “T-tim” safidan o'rin oldi. U erda keyinchalik nigeriyalik futbolchidan so'ng hamyurtlarimiz Farhod Tojiev va Sadriddin Abdullaev ham paydo bo'ldi. O'z vaqtida ushbu trio “Dinamo”da birga o'ynagandi. 4-raqam sohibi Oniya o'zi uchun navbatdagi xorij klubida ham yo'qolib qolmadi va “T-tim” safida etakchilardan biriga aylandi. 5 iyun kuni 30 yoshni qarshi olgan Devid Oniya 13 iyun kuni jamoasining “Kelantan”ga qarshi o'tkazgan sinov-nazorat uchrashuvida maydonning o'zida vafot etdi. Aytish lozimki, nigeriyalik futbolchida yurak urishida muammolar bor edi.


Islombek Rustambekov.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика