Ozil jarohat oldi va bir necha haftani o'tkazib yuboradi
12 mar 2014 09:28
Yangiliklar


Ozil jarohat oldi va bir necha haftani o'tkazib yuboradi
Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil CHempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida jarohat oldi.
O'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Germaniyalik futbolchi esa tanaffus vaqtida Tomash Rosicki bilan almashtirildi. O'yindan so'ng Arsen Venger Ozilni jarohati sababli almashtirganligini aytib o'tdi.
“Ozil jarohat oldi, u endi bir necha hafta maydonga tusha olmasa kerak. Umid qilamanki, u tezroq tuzalib safimizga qaytadi”, - deb aytib o'tdi franciyalik murabbiy.

Fikrlar