So’nggi yangiliklar

12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  2 12:33"Вулверхэмптон" Англия чемпионатининг дастлабки 19 турида бирор марта ғалаба қозонмади ва 123 йиллик антирекордни такрорлади  0 12:22Балотеллида БАА 2-лигаси вакили "Ал-Иттифоқ"дан таклиф бор. 35 ёшли ҳужумчи 2024 йил декабридан бери ўйнамаяпти  0 10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  7 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  4 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  6 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  40 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  8 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  5

O'zFHMga taklif: Superligamizda xorijlik hakamlar ishlashi kerak (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

O'zFHMga taklif: Superligamizda xorijlik hakamlar ishlashi kerak (Bekzod Tolibov blogi)

Yangi mavsumda Superligamizning markaziy maqomdagi uchrashuvlarini tanlab olib, shu o'yinda xorijlik hakamlar guruhi ishlashini taminlashimiz kerak.

Bunda har bir tur o'yinlari emas, peshqadamlar va qarama-qarshilik eng avjiga chiqadigan uchrashuvlar nazarda tutilayapti. Masalan, "Paxtakor" - "Navbahor", "Neftchi" - "Navbahor", "Nasaf" - "Paxtakor" kabi eng etibor o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqadigan katta to'qnashuvlar tanlab olinsa etarli.


Kuzatib borayotgan ko'pchilikning xabari bor, ortda qolgan mavsumda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Farg'onaning "Neftchi" klubi muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi. O'sha uchrashuvda mavsumning so'ngi turiga to'g'ri kelib qolgan katta derbi - "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvida xorijlik hakamlar guruhi ishlashi vada qilindi. Ermatov vadasining ustidan chiqdi, o'sha o'yinda saudiyalik hakamlar guruhi ishladi. Amalga oshirsa bo'ladigan jarayon ekan, ortda qolgan mavsum nazdidan Namanganda o'tgan vodiy derbisi misolida bunga barchamiz guvoh bo'ldik. 


Keling, ushbu taklif o'rinsiz bo'lib qolmasligi uchun sarflanadigan harajatlarning taxminiy smetasini ko'rib chiqamiz. Aytaylik, bitta tur o'yiniga xorijdan 3 nafar hakamlar guruhini taklif etdik, bosh hakam va qanot hakamlari. VAR, AVAR, nazoratchi va zaxira hakamlari o'zimizdan tayinlansa ham bo'laveradi. 3 nafar hakamlarning bitta o'yin uchun O'zbekistonga kelib-ketishini taxminan 60 million so'm deb olamiz. Superligamizda nechta tur bor, 26 tami? 26 ta turdan 10 ta markaziy maqomdagi katta to'qnashuvlarni ajratib olsak, butun mavsum davomida xorijlik hakamlar uchun sarflanadigan harajat 600 million so'mni tashkil etadi. Takidlash joiz, ushbu hisob-kitob taxminiy olindi, balki bundan bir oz ko'p, yoki kam bo'lishi ham mumkin. CHunki "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvida ishlagan hakamlar uchun sarflangan summalar hech qaerda ochiqlanmadi.

Endi siz hozir menga bermoqchi bo'lgan savolingizga javob beraman. Xo'p, xorijlik hakamlar guruhini Superligamizning ayrim uchrashuvlariga taklif etdik, bundan bizga nima naf? Tushuntiraman, birinchi navbatda o'sha o'yinlar orqali o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan yosh hakamlarimiz uchun tajriba maktabi bo'ladi. Ikkinchi navbatdagi esa, meni shu taklifni yozishga undagan asosiysi, o'yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda yangrayotgan fikrlarni oila davrasida ham eshitsa yoki o'qisa bo'ladi.


Hakamlar markazi xorijlik hakamlar uchun sarflanadigan mablag'ni marketing yo'li bilan topsa bo'ladi. CHunki, hozirga kelib Superligamizdagi "prosmotr" har qanday tadbirkorni ham qiziqtira oladigan darajaga etdi. Bo'lib ham eng markaziy maqomdagi o'yinlarga reklama joylashtirish taklifi rad etadigan topilmasa ham kerak. O'zPFLda marketing bo'yicha adashmasam Abbos Ahrorov ishlaydi, bu kabi ishlarda etarlicha malaka va tajribaga ega bo'lgan mutaxassis. Siz unga shu topshiriqni bering va ertasi kuni qabulingizga bir nechta variantlar bilan kiradi.


Qadrli muxlis, sizda bu borada qanday qo'shimcha fikrlar bor? Takliflaringizni izoxlarda yozib qoldiring.


P.S. Yuqoridagi taklif va fikrlar muallifning o'ta shaxsiy qarashlari asosida yozildi. 


Bekzod Tolibov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика