So’nggi yangiliklar

20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 20:20Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 2:0 (матнли трансляция)  11 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0

O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni ertaga yakunlanadi Yangiliklar

O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni ertaga yakunlanadi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash bo'yicha Respublika bo'ylab so'rovnoma ertaga, 28 dekabr kuni yakunlanadi.

Co'rovnomaning xolisligini taminlash maqsadida unda jurnalistlarning mustaqil ravishda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishi 2015 yildan boshlab cheklangan edi. O'sha tizimga asosan ovoz berish jarayonida tahririyatlar ishtirok etadi.

So'rovnomada O'zbekiston va chet eldagi ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari ovoz beradilar.

Mustaqil jurnalist, kolumnist va nyusmeykerlar, shuningdek, sport blogerlarining ovozlari yakunda mustaqil jurnalistlar guruhi ostida birlashtiriladi va bitta ovoz sifatida so'rovnomada qatnashadi. Futbol klublari va terma jamoalarning matbuot xizmatlari ovozi ham yagona “Matbuot xizmatlari” guruhi ostida birlashtirilib, yagona ovoz sifatida so'rovnomada ishtirok etadi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi (ikki alohida nominaciya hisoblanib) umumiy ballar yig'indisiga qarab aniqlanadi.

Har bir tahririyat 3 nafar murabbiy va 3 nafar futbolchini mukofotga loyiqlik darajasi bo'yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarga qo'yib chiqadi. Ikkala nominaciya bo'yicha ham 3 ta qator to'ldirilishi shart.

Futbolchi va murabbiylar uchun berilgan ovozlar quyidagi tartibda hisoblanadi:

1-o'rin uchun – 3 ball
2-o'rin uchun – 2 ball
3-o'rin uchun – 1 ball

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish asnosida murabbiy va futbolchining yil davomidagi faoliyatiga nazar tashlanadi.

Ovoz berayotgan tahririyat to'rtta asosiy kriteriyaga rioya qilishi kerak:

1. Yil davomidagi individual va jamoaviy ravishdagi yutuqlari
2. Istedod, iqtidor va Fair Play.
3. Karera
4. SHaxsiyati va uning boshqalarga tasiri

O'zbekiston oliy ligasidagi o'zbekistonlik bo'lmagan xorijlik murabbiy yoki legionerlar so'rovnomada ishtirok eta olmaydi.

Tahririyat o'z ovozini rasmiy maktub bilan O'FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga, shuningdek faks orqali jo'natishlari lozim. Ovoz berish 2 dekabrdan ochiq va 25 kun davom etib, 2016 yilning 28 dekabr kuni dekabr kuni soat 18:00 da to'xtatiladi.

Ovozlar quyidagi manzilga jo'natiladi:
Manzil: Toshkent 100011
O'zbekiston shoh ko'chasi 98 A uy
Faks: +99871 - 244-16-83.
Email: media@the-uff.com

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика