So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiy va futbolchisi aniqlandi Yangiliklar

O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiy va futbolchisi aniqlandi

O'zbekistonda yakuniga etayotgan yilning eng yaxshi murabbiyi hamda eng yaxshi futbolchisi aniqladi.

Oliy liga murabbiylari hamda jamoa sardorlarining ovozlari asosida o'tkazilgan so'rovnomada uch yo'nalishda eng yaxshilar aniqlandi.

OLIY LIGAda o'ynayotganlar orasida "ENG YAXSHI FUTBOLCHI" deb Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV tan olindi. Futbolchi 2016 yilgi mavsumda oliy ligada 22ta gol urib chempionat to'purariga aylandi. O'z klubi bilan birga O'zbekiston chempioni bo'ldi, O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi hamda Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib bordi.

Temurxo'ja Abduxoliqovga kimlar ovoz berganini quyidagi HAVOLA orqali bilib olish mumkin.  




"Lokomotiv" klubi ustozi MIRKO YELICHICH O'zbekistonning 2016 yildagi "ENG YAXSHI MURABBIYI" deb topildi. Serbiyalik murabbiy jamoani O'zbekiston chempionligiga olib keldi va O'zbekiston kubogi sohibiga aylantirdi.

Mirko Yelichichning eng yaxshi bo'lishiga kimlar xissa qo'shdi? Quyidagi HAVOLAda so'rovnoma natijalar bilan tanishing.





O'ZBEKISTONNING 2016 yildagi "ENG YAXSHI FUTBOLCHISI" deb O'zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning "Krasnodar" klubi yarim himoyachisi ODIL AHMEDOV tan olindi. Futbolchi so'rovnomada 82 ball to'plab taqibchilaridan ancha ilgarilab ketgani etiborga molik.

Odil Ahmedovga qaysi murabbiy yoki sardorlar ovoz berganini quyidagi HAVOLAda bilib olish mumkin.




"Do'ppi" tanloviga 2014 yilda asos solingan bo'lib, unda O'zbekiston klublarida faoliyat olib borayotgan murabbiy va futbolchilarning ovozlari orqali g'olib aniqlanadi. O'tgan yillarda faqat yilning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlangan bo'lsa, 2016 yildan uchinchi yo'nalish - "Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi" ham aniqlanish yo'lga qo'yildi.

Nima uchun bu sovringa "Do'ppi" deb nom berilgani ko'pchilikka qiziq bo'lishi mumkin. Do'ppi avvalo O'zbekistonning milliy bosh kiyimi hisoblanadi, qolaversa, aksariyat viloyatlarda futbol to'pini "do'ppi" deb atashadi. SHu ikki jihatni inobatga olgan holda, sovringa shunday nom berilgan.


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика