O'zbekistonlik o'yinchi to'p tepayotgan jamoa Turkiya 2-divizionida chempion bo'ldi
08 apr 2024 00:25
Yangiliklar
O'zbekistonlik o'yinchi to'p tepayotgan jamoa Turkiya 2-divizionida chempion bo'ldi
O'zbekistonlik Jahongir O'rozov harakat qilayotgan "Eyupspor" jamoasi Turkiya Birinchi ligasida g'olib bo'ldi.
Jamoa chempionat yakunlanishiga 5 tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirdi. Istanbulliklar 29-turda "Altay"ni o'z uylarida 4:1 hisobida mag'lub etishdi.
Qayd etish kerakki, "Eyupspor" tarkibida o'zbekistonlik Jahongir O'rozov o'ynaydi. Klub bosh murabbiyi esa Arda Turan hisoblanadi.
Jahongir O'rozov jamoaga o'tganidan so'ng faqatgina bir bor, aniqrog'i Kubok doirasidagi "Beshiktosh"ga qarshi bahsda 3 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, turk klubi o'zbekistonlik futbolchi uchun "Bunyodkor"ga 300 ming evro to'lagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar