So’nggi yangiliklar

18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  4 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  3 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  18 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  13 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  3 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6

O'zbekiston? "Yalla" guruhining "Uchquduq" qo'shig'ini yaxshi ko'ramiz, futbolchilardan SHomurodovni taniyman. "Bunyodkor" o'rinbosarlari Xorvatiyada (KUNDALIK) Yangiliklar

O'zbekiston? "Yalla" guruhining "Uchquduq" qo'shig'ini yaxshi ko'ramiz, futbolchilardan SHomurodovni taniyman. "Bunyodkor" o'rinbosarlari Xorvatiyada (KUNDALIK)

Teglar :  XorvatiyaBunyodkor
"Lokomotiv" shifokori Abror Pirriev tabiri bilan aytganda: "Sayr ham sayr, sport ham..."


"Bunyodkor" asosiy jamoasi Belarusda, o'rinbosarlari esa Xorvatiyada yig'in o'tkazadi


Darhaqiqat, mana shu ishimiz yuzasidan ikkinchi bor safarga chiqishga to'g'ri keldi. Xabaringiz bor, so'nggi vaqtlarda "Bunyodkor" klubi Xorvatiya bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'ymoqda. Bir necha oy avval akademiya tarbiyalanuvchilari Xorvatiyada tashkil etilgan "Dalmatinco-cup" turnirida ishtirok etib qaytgandi. Endilikda klubning o'rinbosarlari ham bundan bahramand bo'lishmoqda. Ivan Boshkovich boshchilgidagi "Bunyodkor" U-21 jamoasi 18-31 iyul sanalarida Zagrebda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Dastlab mazkur xorij yig'iniga etib kelgan delegaciya ro'yxati bilan tanishsak. 

Bosh murabbiyIvan Boshkovich

Katta murabbiyAbduhamid Qodirov

Darvozabonlar murabbiyi – Murod Zuhurov

Mamur – SHavkat Toshpo'latov

SHifokor – Ikrom Toirov

Videotasvirchi – Elbek Karimov

Futbolchilar - Jasur Umrzoqov, Mirsaid Tursunmatov, Xurshid Ubaydullaev, Abdulloh Omonaliev, Aleksandr Zevadinov, Diyor Karimov, SHohruh Muhsinov, Tohir To'xtasinov, Narimon Ahmadjonov, Abduazim Ortiqov, Abdufattoh Foziljonov, Bobur Yorbekov, Humoyun Bozorboev, Aziz Usmonov, Muhammad Bobur Asadullaev, Andrey Gulyamov, Sudaysiy Jo'raboev, Aziz Koshibxonov, Iskandar Soliev, Ulug'bek Kenjaev, SHerzod Mirzajonov, Muhammadayyub Omonov.



Ivan Boshkovich oilaviy tatildan 21 iyul kuni qaytib to'g'ri Xorvatiyaga yo'l oladi. Darvozabonlar bilan "Bunyodkor" tarkibida ko'plab o'yinlar o'tkazgan Murod Zuhurov shug'ullanishi malum. Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, murabbiylar bu yig'inga 2005 yilda tug'ilgan 5 nafar futbolchilarni olib ketganini ko'rish mumkin. Jasur Holdorov va Mironshoh Sattorov "Olimpik" ko'rigida. 

Istanbul aeroportidagi kichik tanaffusdan foydalanib biroz hordiq chiqarish imkoni paydo bo'ldi. SHu onda yonimga litvalik chamasi 55 yoshlardagi kishi keldi. Ism Genaddi Serostanov. Muloqot rus tilida kechdi. 

- Yoningizdagi joy bo'shmi? 

- Bemalol. 

- Kechirasiz siz qaerdansiz?

- O'zbekistondan. 

- Ha, o'z vaqtida mamlakatingizni afsonaviy "Yalla" guruhisiz to'ylarimiz o'tmasdi. Ayniqsa "Uchquduq" qo'shig'ini yaxshi ko'raman. Bunga ancha yillar bo'lib ketdi. Ammo xotiralarimda qolgan.  O'zbekiston chiroyli davlat, lekin borish uzoq. 



Suhbatga jazoirlik hamrohim qo'shildi.

- Aftidan sportga aloqangiz borga o'xshaydi. Futbolga qiziqasizmi? (ingiliz tilida)

- Ha, shu sohada faoliyat olib boraman. Jazoirlik futbolchilar dunyoga mashhur. Mahrezga hurmatim baland. Jamel Belmadi Qatarda yaxshi faoliyat olib borgandi.

- Adashmasam Italiyada ham bir o'zbek to'p tepadi. 

- Eldor SHomurodov

- Ha, o'sha. Fikrimcha, u qolganlardan yomon o'ynamaydi. 

Oradagi fursatni qo'ldan boy bermay "Bunyodkor" o'rinbosarlari katta murabbiyi Abduhamid Qodirovning mazkur yig'in oldidan fikrlari bilan qiziqdim. 


— Ikkinchi davraga tayyorgarlik biz istagandek ketmoqda. Klubimiz prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullaev tashabbuslari bilan Xorvatiyada yig'in o'tkazish uchun keldik. Bu futbolchilar uchun yaxshi. Foydasi shuki, xalqaro o'yinlarda ishtirok etib o'zining kuchini Evropa jamoalari bilan sinab ko'rish. Bu o'z natijasini bermasdan qolmaydi. "Bunyodkor" o'rinbosarlari 2011 yil Italiyadagi musobaqada munosib ishtirok etgandi. Xuddi shu kabi bu safar ham yig'in samarali bo'ladi, deb o'ylayman. Futbolchilar ham masuliyatni his qilishi kerak. 

Bunday musobaqalar har doim bo'lishi kerak. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 3-4 nafar futbolchi kuchli klublarga yo'l olsa, xursand bo'lamiz. 



Istanbul orqali 2 soatli parvozdan so'ng nihoyat Zagrebga etib keldik. 28 kishidan iborat delegaciya Zagrebdan chetda joylashgan "Terme sveti martin" mehmonxonasiga joylashdi. Tabiat qo'ynidagi ushbu mehmonxona 12 kun jamoaga istiqomat qiladigan joy vazifasini bajarib beradi. 



Futbolchilar bugun tiklanish mashg'ulotlarini olib borishadi. O'rtoqlik uchrashuvlari, raqiblar haqida esa kundalikning keyingi qismlarida malumot berishni joiz, deb bildim. Ayni paytda yurtimizda juda issiq ob-havo hukm surmoqda. O'zingizni extiyot qiling va bizni kuzatishda davom eting. Bu kundalik Zagrebga etib kelgunimizgacha bo'lgan jarayonlarni o'z ichiga oldi. Hammasi emas. Demak SAfarda! 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика