So’nggi yangiliklar

21:22Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  9 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  1 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  4 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  6 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  2 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  3 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  17 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  10 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  1 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2

O'ZBEKISTON U20 CHORAK FINALDA! Yangiliklar

O'ZBEKISTON U20 CHORAK FINALDA!

Avstriya va O'zbekiston yoshlari o'rtasidagi uchrashuvining matnli translyaciyasi shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

Avstriya U20 - O'zbekiston U20 0:2

Gol: Hamdamov 47, 57.

Avstriya U20: Kasali, Rosenbixler, Gugganig, Laynxart, Mixarl (Gruber 50), Blush (Kruzer 61), Brandner, Gshveydl (Grubek 67), Laimer, Rasner, Grillish

O'zbekiston U20: Hamroev, Ashurmatov, Abdullaev, Qosimov (SHomurodov 69), Hamrobekov, Komilov, Sohibov, SHukurov, G'iyosov, Hamdamov (Normurodov 90+1), O'rinboev.

Zaxira: Karimov, Tolipov, Sidiqov, Otaxonov, Azimov, Xursanov, Ergashev, Tursunov.

Ogohlantirish: Hamdamov 39, Leynxart 45, Grillish 92.



O'yin yakunlandi. Barchani chorak final bilan tabriklaymiz.


92. Sariq kartochka. Grillish.


91. Tarkibimizda o'zgarish. Hamdamov o'rniga Normurodov.


90. Hakam qancha qo'shdi? 3 daqiqa.


89. Maydonda janjal. Kerak emas. Keyingi o'yinda futbolchidan ayrilishni istamaymiz. 


87. Jarima zarbasi va yana yaqin. Hamroev to'pni qaytardi. Burchak to'pi. Bu standartdan ham naf chiqmadi.


85. So'nggi daqiqalarda futbolchilarimizda gol urish imkoniyati ko'p bo'lyapti. Bundan foydalanib qolish kerak.


82. Futbolchilarimiz har bir to'p uchun jon-jahti bilan kurashyapti.


80. ZABIXULLOOO!!!! SHukurov juda ajoyib tarzda jarima maydonchasiga kirib, to'pni O'rinboevga oshirdi, Zabixullo esa noaniq zarba berdi.


78. ZARBAAA!!!!!! Kruzer! Biroz noaniq.


77. Offsayd. Raqib jamoa o'yindan tashqari holatda.


76. CHorak finalga chiqishimizga yana bir necha daqiqa qoldi.



                Hamdamov golni nishonlayapti

72. Uchrashuv yakunlanishiga oz qoldi. Futbolchilarimiz xotirjamlikni saqlab, o'yinni davom ettirishi kerak.


69. O'zgarish. Mirjamol Qosimov o'rniga Eldor SHomurodov.


O'zgarish. Gshveydl o'rniga, Grubek.

67. Darvozabonimiz to'pni egallab oldi.


66. Avsriyaliklarda jarima zarbasi. Bu safar yaqin.


63. Raqib jamoa kata kuch bildan hujumga o'tyapti. Qarshi hujumlar bilan Avstriya yoshlarini jazolash kerak.


O'zgarish. Blush o'rniga Kruzer.

61. ZARBAAA!!! HAMROEVDAN SEYV!


Ketma-ket zarba berishdan charchamagan futbolchilarimiz bir amallab darvozani ishg'ol qildi. Darvozabonning seyvlari bizning foydamizga ishladi. 

GOOLLLLLLLL!!!!! HAMDAMOVVVVV!!!!

57. Yoshlarimizda burchak zarbasi.


56. Qosimov jarohat olgan ko'rinadi. Yo'q u o'rnidan turdi, hammasi joyida.


54. Avstriyaliklarda jarima zarbasi. Bu vaziyatda futbolchilarimizdan ikkinchi qavatda faol bo'lish talab qilinadi.


53. Ilk aniq zarbamiz golga aylandi. Futbolchilarimizdan keyingi aniq zarbalarni kutib qolamiz.


50. O'zgarish. Mixarl o'rniga Grubel.


49. Asta-sekinlik bilan Avstriya yoshlari ochilib boryapti. Endi futbolchilarimizda imkoniyat ko'p bo'lishi aniq.


48. Raqib futbolchilarida burchak zarbasi. BIrinchisi qaytarildi. Ikkinchisiga navbat.


47. GOOOOLLLLLL!!!!! HAMDAMOVVVV!!!!! DOSTON birga-bir vaziyatda uyaltirmadi. Qosimovning super to'p oshirishidan so'ng Doston darvozani ishg'ol qildi.


46. Ikkinchi bo'limga start berildi.



                          Ashurmatov to'p bilan




Avstriya U20StatistikaO'zbekiston U20
8Zarba5
1Aniq zarba0
6Qoida buzish7
1Sariq kartochka1
1Burchak to'pi9
0Offsayd0
0Seyv1


Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Sariq kartochka. Leynxart.


44. Kutganimizdek avstriyaliklar birinchi bo'limda gol urmayapti. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizdan extiyotkor bo'lish talab qilinadi.


42. O'RINBOEEEVVV!!!! Uning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anov bo'ldi va vakillarimizda burchak zarbasi.



                       Hamrobekov to'p uchun kurashyapti


39. Hamdamov keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. Sariq kartochka.


38. ZARBAAAA! Blush. Blushning zarbasi biroz noaniq chiqdi.


37. Ikkala jamoa ham tavakkallarsiz harakat qilyapti. SHu tufayli, o'yin tempi baland emas.


35. SHukorov hujumda qoida buzdi.


34. Yoshlarimizda burchak zarbasi. Keyingi burchak to'pi.


31. Statistika. Zarbalar. 6-3. Aniq zarbalar. 1-0.


30. Futbolchimiz maydon markaziga etib bormay to'pni oldirib qo'ydi, ammo baxtimizga raqib futbolchilari bir-birini tushunmay noaniq zarba berishdi.


28. Yoshlarimizda noaniq to'p oshirishlar ko'p bo'lyapti, bu jihat o'z so'zini aytmasa bo'ldi.


27. Hamdamov ikkinchi qavatdagi kurashda qoida buzdi.


24. Lienxart O'rinboevni yiqitdi. Jarima zarbasi, ammo juda uzoqdan. Avstriyaliklar ikkinchi qavatda juda yaxshi o'ynashyapti.


23. Mirjamolning zarbasi noaniq.


22. Birinchi burchak to'p qaytarildi. Endi navbat ikkinchisiga. Ikkinchisi ham qaytarildi, ammo hujumimiz davom etyapti.... Yoshlarimizda jarima zarbasi va bu Mirjalol Qosimovning sevimli nuqtasi. Bugun Mirjalolning o'g'li Mirjamol otasining qobiliyatiga egamikin?


21. Futbolchilarimiz qarshi hujumga o'tgandek bo'ldi, ammo birgina noaniq to'p oshirilishi hujumga nuqta qo'ydi. Burchak zarbasi. Jamoamizda standart.


20. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik yoshlarimiz tomonda: 44% - 56%


14. Burchak zarbasidan o'yinga kiritilgan to'p qaytarildi.


13. Yana darvozamiz tomon jarima zarbasi. Juda xavfli zarba, ammo Hamroevdan seyv.


11. Ayni damda yoshlar jamoamiz o'ynayotgan bir paytda, ikkinchi uchrashuv o'tkazilmayapti. Bugungi qolgan 3ta uchrashuv soat 12:30da boshlanadi.


7. To'p baxtimizga jonli devorga tegdi va hujum bartaraf etildi.


6. Darvozamiz tomon jarima to'pi. Bir amallab qaytarish kerak bu standartni.


3. Mirjamol Qosimov to'p qarshisida. Uning etkazib bergan to'pi G'iyosovga tushdi, ammo Xurshid darvozaga aniq zarba bera olmadi.


2. Ilk havfli vaziyat! CHap qanotdan Komilov etkazib bergan to'pni darvozabon o'tkazib yubordi, ammo zarba bergani futbolch topilmadi.


1. Uchrashuvga start berildi.



- O'yinni Avstriya jamoasi boshlab beradi. Sohibov chap tomondagi darvozani tanladi.

- Bugungi uchrashuvni panamalik Jon Pitti brigadasi boshqarib boradi. 


- Barcha vakillarimizning qo'li ko'ksida va madhiyamizni baland ovozda kuylashdi. OLG'A O'ZBEKISTON!


- Birgalikda O'zbekistonimiz madhiyasini kuylaymiz.

- Avstriya madhiyasi yangradi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика