O'zbekiston U-23 terma jamoasi 3 iyul kuni yig'inga kirishadi, Franciyaga qachon uchib ketilishi ham malum
26 iyu 11:35
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 terma jamoasi 3 iyul kuni yig'inga kirishadi, Franciyaga qachon uchib ketilishi ham malum
Unda tarixda ilk bor O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz 3 iyul kuni yig'ilishadi va 4 iyul kuni olimpiada oldidan yurtimizdagi so'nggi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish uchun Dukentga yo'l olishadi. Dukentdagi mashg'ulotlar 4 iyuldan 9 iyulga qadar davom etadi.
SHundan so'ng O'zbekiston U-23 terma jamoasi 11 iyul kuni Toshkentdan Franciyaga uchadi. Dastlab Marsel shahrida yig'in va 15 iyul kuni Gvineyaga qarshi, 18 iyulda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Ana shu ikki bellashuvdan keyin terma jamoa Olimpiada bahslaridagi yurishini boshlash uchun Parijga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.
Ispaniya – O'zbekiston
24 iyul, Parij
O'zbekiston - Misr
27 iyul, Nant
Dominikan Respublikasi – O'zbekiston
30 iyul, Parij
Fikrlar