So’nggi yangiliklar

22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  0 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  78 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  10 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  4 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  8 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  10 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3

O'zbekiston U-22 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Albaniya yoshlarini mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-22 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Albaniya yoshlarini mag'lub etdi

BAAning Dubay shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-22 terma jamoasi Albaniya U-22 yoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dubay shahrida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida SHuhrat Maqsudov shogirdlari Albaniya yoshlariga qarshi maydonga tushishdi. Birinchi bo'lim Sardor Sobirxo'jaev tomonidan kiritilgan gol evaziga O'zbekiston yoshlar terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechgan bo'lsa ham, o'yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Jasur Hakimov raqib darvozasini ishg'ol qilib o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:0.

Malumot o'rnida, SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Dubayda yana ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Rejaga ko'ra, 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoni Najran Sport Klubi jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkazilsa, 18 noyabr kuni Bahrayn U-22 yoshlariga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
16 noyabr. Dubay. BAA.
O'zbekiston U22 - Albaniya U22 - 2:0
Gollar: Sardor Sobirxo'jaev (40), Jasur Hakimov (87).
O'zbekiston U-22: A. Abdujalilov, A. Olimov (S. Asqarov), S. Rahmonov, M. Ubaydullaev, T. SHamshiddinov (X. Muxtorov), J. Abdumo'minov (Q. Ro'ziev), S. Sobirxo'jaev (J. Rasulov), D. Turopov (T. Hakimov), A. Maxstaliev, J. Masharipov, A. SHog'ulomov (J. Hakimov).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика