So’nggi yangiliklar

10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  2 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  4 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  5 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  10

O'zbekiston U-19 terma jamoamiz Yaponiyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 terma jamoamiz Yaponiyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyadagi "Balkom BMW" xalqaro turniridagi ishtiroki ishtirokini g'alaba bilan boshladi.

Yaponiyaning Xirosima shahrida start olgan "Balcom BMW Cup" xalqaro turniridagi ilk uchrashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Polsha yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Takidlash joiz, uchrashuv ancha qiziqarli va gollarga boy tarzda kechdi. O'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va musobaqa reglamentiga ko'ra g'olib nomi o'yindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga omad kulib boqdi va ushbu seriya 6:5 hisobida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.

Avvalroq xabar berilganidek, ushbu musobaqada O'zbekiston va Polsha yoshlaridan tashqari Yaponiya hamda Xirosima shahri terma jamoasi yoshlari ham ishtirok etadilar.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Balcom BMW Cup" turniridagi ikkinchi o'yinini 11 avgust kuni Yaponiya yoshlariga qarshi o'tkazadi.

"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.
9 avgust. Xirosima, Yaponiya.
O'zbekiston (U-19) - Polsha (U-19) - 2:2 (penaltilar seriyasida 6:5).

Gollar:
Doston Ibrohimov (23), Behzod G'anijonov (32)

O'zbekiston U-19: SHoxruh Raimov, Islom Qobilov, Xushnud Avilov, Tursunboy Raximberdiev, Azizjon G'aniev, Jamshid Yusupov, Doston Ibrohimov, Jasur Yaxshiboev, Suxrob Nurulloev, Sanjar Qodirqulov, Behzod G'anijonov.

Turnir jadvali

Jamoa
O' 
YU 


T-N 

Yaponiya 1 1 0 0 2-0 3
O'zbekiston 
1 1 0 0 2-2 2
Polsha 1 0 0 1 2-2 1
Xirosima 1 0 0 1 0-2 0


Eslatma: Musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yindan so'nggi penaltilar seriyasidagi g'alaba uchun 2 ochko beriladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика