So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

O'zbekiston U-19 ikkinchi o'yinda Qatar yoshlariga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ikkinchi o'yinda Qatar yoshlariga mag'lub bo'ldi

Ayni damda Qatar poytaxti Doxa shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi Qatar U-19 yoshlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Eslatib o'tamiz, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Qatarga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinida 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yinda esa, Qatar yoshlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi safidagi yagona golga 85-daqiqada Nurillo To'xtasinov mualliflik qilgan. Takidlash joiz, terma jamoa bosh murabbiyi mazkur o'yinda terma jamoa yig'iniga jalb etilgan barcha 23 futbolchini sinab ko'rdi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi shu tariqa Qatardagi yig'inini yakunladi va 20 sentyabr kuni Toshkentga qaytib keladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 terma jamoasi 2-8 oktyabr kunlari Bangladesh mezbonlik qiladigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralash turnirida ishtirok etadi. Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur turnirda ishtirok etish uchun 28 sentyabr kuni Bangladeshga jo'nab ketadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

19 sentyabr. Doxa, Qatar.

Qatar U-19 – O'zbekiston U-19 – 2:1

Gollar: Nurillo To'xtasinov (85)

O'zbekiston U-19: Umid Hamroev, Lazer Adamov, Husniddin G'ofurov, Islom Qobilov, Farrux Yo'ldoshev, Nurillo To'xtasinov, Aziz G'aniev, Suhrob Nurullaev, Doston Ibragimov, Bobur Abduholiqov, Jahongir Ahmadov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика