So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi nazorat o'yinida Bunyodkorni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi nazorat o'yinida Bunyodkorni mag'lub etdi

Toshkent shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 1 avgust kuni kuni Toshkentning Bunyodkor klubi ayollar jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ayni damda Vyacheslav Soloxo bosh murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini 29 iyul kuni boshlangan va bu yig'inga jami 23 nafar futbolchi taklif etilgan. 30 iyul kuni O'zbekiston U-19 ayollar termasi Bekobodning Metallurg klubi ayollar jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushib 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

Malumot o'rnida, 3 avgust kunigacha Toshkentda mashg'ulot o'tkazadigan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig'inni davom ettirish uchun 4 avgust kuni Vetnamga uchib ketadi. Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi mezbon - Vetnam U-19 ayollar termasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Rejaga ko'ra, mazkur o'rtoqlik o'yinlari 6 va 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Takidlash lozim, ushbu yig'in O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi uchun noyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Nazorat uchrashuvi.
1 avgust, juma.
O'zbekiston U-19 (ayollar) - Bunyodkor (ayollar) 3:0
Gollar:
N. Qudratova (2ta), L. Norbekova.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика