So’nggi yangiliklar

12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  0 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  2 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  31 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  7 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  2 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  17 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5

⚡️O'zbekiston U-17 mundialni qabul qiladimi? U-20 Jahon chempionati endi qaerda bo'ladi? Yangiliklar

⚡️O'zbekiston U-17 mundialni qabul qiladimi? U-20 Jahon chempionati endi qaerda bo'ladi?

Oxirgi kunlarda Indoneziyada o'tishi kerak bo'lgan U-20 Jahon chempionati atrofida juda ko'p yangiliklar chiqdi.

O'tgan yil mundialga yo'llanma olgan Isroil U-20 terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etishini indoneziyaliklar xohlashmadi va namoiyshlar o'tkazishdi. Etiborlisi Isroil terma jamoasining Indoneziyada o'tadigan Jahon chempionatiga chiqqani 2022 yilning 1 iyul sanasida aniq bo'lib ulgurgan edi. Yani deyarli bir yil avval barcha buni bilardi. Ammo negadir mundialga 2 oy qolganida namoyishlar boshlandi.




Kecha FIFAning sabri tugadi va Janni Infantino Indoneziya davlati rahbari bilan suhbatdan keyin Jahon chempionati boshqa mamlakatda o'tishi borasida qaror qabul qilindi. Etiborlisi Indoneziya aslida 2021 yilgi U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli ushbu musobaqa bekor qilingandi. Yani Indoneziya aytish mumkin bo'lsa ikkinchi bor bu musobaqadan mahrum bo'ldi.




Bugun Indoneziya U-20 terma jamoasi azolari bu xabarni eshitishganidan keyin ko'z yosh to'kayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu videoni ko'rib to'g'risini ularga odam achindi, bunday imkoniyat inson hayotida bir marta bo'ladi: Jahon chempionatida bo'lib ham o'z mamlakatida, o'z vatandoshlari qarshisida ishtirok etish. Saytimiz o'quvchilari orasida "O'zbekiston ham U-20 Jahon chempionatiga boykot qilsin" degan fikrlar borligini ko'rdik. Biroq ular sport siyosatdan holi bo'lishi kerakligini o'ylashmayapti. Butun boshli bir avlod necha yillar davomida mehnat qilib, mana shu joygacha qanchalik mashaqqat bilan etib kelganini faqat futbolchilar, ularning ota-onalari va murabbiylar bilishadi xolos. Birgina gap bilan bu avlodni Jahon chempionatiga bormasin deyish juda ham noo'rin menimcha.

Ko'pchilik savol bermoqda: JCH qaerda bo'ladi? FIFAning ham boshi qotgani aniq va hozircha fors-major holatda mezbon qidirmoqda. FIFA mundial sanalarini o'zgatirmoqchi emas: 20 maydan - 11 iyungacha. Vaqt juda kam qolmoqda. Ertaga, 31 may kuni Indoneziyada JCHga qura tashlash marosimi bo'lib o'tishi kerak edi. Tushunarliki ertaga qura bo'lmaydi.

Mezbonlikka davogar bo'lishi mumkin davlatlar orasida Argentina nomi ko'p yozilmoqda. Argentina mundialga chiqa olmagan va agar mezbonlikni olsa o'z-o'zidan U-20 terma jamoasi uchun ham ajoyib syurpriz bo'ladi. Biroq ayni paytda Janubiy Amerikada katta moliyaviy inqiroz davom etmoqda, shu bois Argentina hukumati uchun bu ortiqcha bosh og'riq bo'lishi ham mumkin.

Oxirgi yillarda istalgan musobaqani, istalgan darajada o'tkazib kelayotgan Qatar varianti ham bor. Ammo yaqindagina kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatini o'tkazgan, keyingi yil yanvar oyida Osiyo kubogini qabul qiladigan Qatarga ham bu mundial o'zi kerakmikin? Buning ustiga Qatar ham arab davlati va Isroil terma jamoasi bilan yana qandaydir yangi muammolar paydo bo'lishiga hech kim kafolat bermaydi.

Avstraliya ham bu mundialni qabul qilishga tayyor edi, ammo 20 iyuldan Avstraliya hamda Yangi Zelandiyada FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslari start oladi. SHunday ekan "Yashil qita"ga hurmat saqlagan holda Avstraliya ketma-ket bunday katta darajadagi musobaqalarni qabul qila olmasa kerak deb o'ylaymiz.

Nazariy jihatdan yaqindagina U-20 Osiyo kubogini qabul qilgan O'zbekiston ham bu Jahon chempionatiga davogar bo'lishi mumkin edi. Oxirgi yillarda yaxshi stadionlar paydo bo'ldi, mehmonxonalar tizimida ham o'zgarishlar kuzatilmoqda. Toshkentdan deyarli barcha katta shaharga samolyotda 1 soatga bormay etib olsa bo'ladi. Biroq O'zbekistondagi eng katta muammolardan biri bu mashg'ulot maydonlarining keskin etishmasligida. Osiyo kubogidagi holatni barchamiz ko'rdik va bunday holatda FIFA hozir bizga bu musobaqani bermaydi, hatto chorasiz qolgan holatda ham.

Yuqorida Indoneziya U-20 terma jamoasi mundialdan chetda qolgani uchun qattiq tushkunlikka tushib qolgani haqida yozdik. Bordiyu FIFA mundialga yo'llanma olgan davlatga mezbonlikni bersa nazariy jihatdan Indoneziya ham Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. CHunki bunday holda ishtirokchilar soni 24 emas 23ta bo'lib qoladi. Xullas FIFA bu borada jiddiy bosh qotirishi kerak bo'ladi.

Sarlavhada U-17 Jahon chempionatini o'qib xayron bo'lgandirsiz. Ha, bu texnik xato emas. SHu yilning 10 noyabr - 2 dekabr kunlari oralig'ida FIFA U-17 mundialni o'tkazadi. Mezbon ham aniq - Peru. Biroq yuqorida takidlaganimizdek, Janubiy Amerikadagi moliyaviy inqiroz tufayli Peru ham mundialni o'z xohishi bilan "topshirmoqchi". Bunday holatda FIFA oldida yana bir boshog'riq paydo bo'ladi. Uzun-quloq xabarlarga ko'ra, agar rostdan ham Peru mundial mezbonligidan voz kechsa, O'zbekiston uni qabul qilishga tayyor ekan. Bu borada raqobatchilar ham bo'lishi aniq. Buning uchun albatta nafaqat sifatli mashg'ulot maydonlari, balki yana ko'plab narsalar kerak bo'ladi. O'zbekiston hukumati futbol sport turiga berayotgan etiboridan kelib chiqsak, agar FIFA rostdan ham U-17 Jahon chempionati mezbonligini topshirsa uni munosib o'tkazishga tayyor holga kela olamiz.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика