So’nggi yangiliklar

12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  0 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  2 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  31 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  7 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  2 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  17 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5

O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev qura haqida: "Oldiga maqsad qo'ygan jamoa hech qaysi raqibdan qo'rqmasligi kerak" Yangiliklar

O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev qura haqida: "Oldiga maqsad qo'ygan jamoa hech qaysi raqibdan qo'rqmasligi kerak"

Xabaringiz bor, kuni kecha bu yil Tailand mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogiga qura tashlandi.

Unga ko'ra, vakillarimiz "D" guruhida Vetnam, Hindiston va Yaponiya bilan keyingi bosqichga yo'llanma olish uchun bellashadilar. Yuqoridagi raqiblar va qura haqida terma jamoa bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaevning fikrlari bilan qiziqdik. 


— To'rtinchi savatchadan o'rin olganimizni hisobga olsak, qura natijasi yomon bo'lmadi. Yaponiya so'nggi Osiyo kubogi g'olibi, ularga ortiqcha tarif shart emas. Hindiston so'nggi yillarda futboli juda tez rivojlanayotgan terma jamoalar sirasiga kiradi. Vetnam ham so'nggi musobaqalarda munosib ishtirok etmoqda. Mamlakat futbolida xorijlik mutaxassislar ishlamoqda. 

— Guruhimizda jamoalar o'rtasida katta farq ko'rmayapman. Ko'rinib turibdiki, bizni ajoyib o'yinlar kutmoqda. Biz minimum Jahon chempionatiga yo'llanma olishni, maksimum chempion bo'lishni maqsad qilganmiz. Turnirga bunday maqsad bilan borgan jamoa tabiiyki har qanday raqiblar bilan qo'rqmasdan o'ynashi va nimalarga qodir ekanligini isbotlashi kerak. Bizni ham Xudo qo'llab yigitlarga akalarini natijasini takrorlash nasib qilsin, deb qolaman. 

— Tayyorgarlikka kelsak, oldimizda 2 oydan ko'proq vaqt bor. Bu degani kamida 2ta terma jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Hozir O'FA xalqaro bo'limi buning ustida ishlamoqda. Tez orada raqiblar aniq bo'ladi. 

— Tailandda iyun oyida juda issiq va namgarchilik yuqori bo'ladi. Etibor bergan bo'lsangiz, guruhimizdagi barcha terma jamoalar deyarli shunday sharoitda yashashadi. Biz ham shu iqlimga moslashish uchun kerakli choralarni ko'ramiz. Xudo xoxlasa bu muammo tug'dirmaydi, degan  umiddaman. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика