So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

O'zbekiston U-16 ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alaba qozondi (to'liq sharh) Yangiliklar

O'zbekiston U-16 ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alaba qozondi (to'liq sharh)

Teglar :  O'zbekiston U-16
2016 yilning sentyabrida Hindistonda bo'lib o'tadigan 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasida O'zbekiston o'smirlar terma jaomoasi ikkinchi tur o'yinini o'tkazdi.

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga ikkinchi turda saralash bosqichida “A” guruhi o'yinlariga mezbonlik qilayotgan Falastin jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv to'laligicha O'zbekiston U16 terma jamoasi ustiligida o'tdi. Dastlabki bo'limdayoq Olimxo'jaev shogirdlari raqib darvozasini to'rt marotaba ishg'ol qila oldi.

Dastlabki gol standart vaziyatdan so'ng kiritildi. Burchakdan uzatilgan to'p Ixtiyor Xoldorov oyog'iga kelib tushdi. Uning aniq zarbasi hisob ochilishiga chababchi bo'ldi. O'yinning 20-daqiqasida Abdulhay Ismoilov hisobdagi farqni oshirdi. SHundan so'ng jamoa sardori Abubakr Mo'ydinov 29 va 33-daqiqalarda ikkita gol kiritib, dubl qayd etdi. Mo'ydinovning dastlabki goli 11 metrlik jarima nuqtasidan kiritildi. Birinchi bo'lim O'zbekistonning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida ham O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ko'plab xavfli vaziyatlar yarata oldi. Biroq faqat o'yin yakuniga borib vaziyatlardan unumli foydalanildi. 83-daqiqada Baxromjon Soatov o'z ismini tabloga yozdirib qo'ygan bo'lsa, uchrashuvdagi so'nggi golni 89-daqiqada Oston O'runov kiritdi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining saralash bosqichidagi so'nggi o'yini Yamanga qarshi bo'ladi. 20 sentyabrda bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

U-16 Osiyo chempionati saralashi.

"A" guruhi taqvimi
16 sentyabr

19:00 - O'zbekiston - Maldiv 8:0 
20:00 - Yaman - Falastin 2:0

18 sentyabr
18:00 - Maldiv - Yaman 0:6
19:00 - Falastin - O'zbekiston 0:6 

20 sentyabr
19:00 - O'zbekiston - Yaman 
19:00 - Falastin - Maldiv

U16 Osiyo chempionati saralashi

“A” guruhi, 2-tur.

Falastin U-16 - O'zbekiston U-16  0:6

Gollar: Ixtiyor Xoldorov (13), Abdulhay Ismoilov (20), Abubakr Mo'ydinov (29, 33), Bahrom Soatov (82), Oston O'runov (89).

Ogohlantirish: Abubakr Mo'ydinov (63)

Falastin U-16: 22.Umar Zaanin, 2. Amid Savafta, 7. Ahmad Aburdaha, 9. Muhammad Abbosiy, 10.Ahmad Almzayin, 13. Muhammad Hammo, 14.Osayd Yasin (3.Suhail Yahyo - 51), 18. Mutaz Al Xourani (11. Ahmad Abduhasnein - 45), 21. Ahmad Abdukeshek, 24. Muhammad Svaiti (8.Jihod Buirat), 41. Ahmad Eleyyan

O'zbekiston U-16: 1. Xojiakbar Jo'raev, 2. Mardon Abdullaev, 3. Islom Karimov, 4. Ixtiyor Xoldorov, 5. Abubakr Mo'ydinov, 6. Oston O'runov, 7. Abdulhay Ismoilov, 8. SHuxrat Nematov (32. Abdunozir Abdurahmonov - 46), 9. Bahromjon Soatov, 10. Sobirjonov Asadbek  (19. Daler Mirzaxo'jaev-46  (36.Abdug'ani Kamolov- 69) ), 50. Burxon Hasanov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика