O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasidan test sinovlari olindi
23 iyu 2018 15:53
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasidan test sinovlari olindi
2019 yil Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan 16 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bosqichida O'zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etishidan futbol muxlislarining xabarlari bor. Hozirda ushbu terma jamoa Toshkent shahrida yig'in o'tkazmoqda.
Ilhom Xanjariev murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi azolari yig'in davomida test sinovlari topshirishdi. 25 nafar futbolchi qizlarning jismoniy holati nazoratdan o'tkazildi. Ushbu test sinovlardan asosiy maqsad futbolchilarning tashkil etiladigan o'yinlarga qay darjada tayyor ekanliklarini aniqlashdan iborat.
Mazkur test-sinovlari tizimi O'zbekiston Futbol Associaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, test sinovlari natijalariga ko'ra futbolchilarga tegishli yuklamalar berib boriladi.
Fikrlar