O'zbekiston U-14 chempionati. "Bunyodkor U-14" - "Xorazm U-14" murabbiylari ikkinchi turdan so'ng nimalar dedi?
07 okt 2021 10:14
Yangiliklar
O'zbekiston U-14 chempionati. "Bunyodkor U-14" - "Xorazm U-14" murabbiylari ikkinchi turdan so'ng nimalar dedi?
Kecha O'zbekiston U-14 chempionatining ikkinchi tur bahslari bo'lib o'tdi.
Ushbu tur doirasida o'tkazilgan "Bunyodkor" - "Xorazm" (1:2) uchrashuvidan so'ng ikki jamoa murabbiylarining fikrlari bilan qiziqdi
G'ulom Halimtoev ("Bunyodkor U-14" bosh murabbiyi) - O'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik. Baribir natija tarixda qoladi. Vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q. "Xorazm" esa o'zi yaratgan imkoniyatlarni golga aylantirdi. Navbatdagi tur hal qiluvchi bo'ladi. Tayyorgarlikni davom ettiramiz.
Abror Qilichev ("Xorazm U-14" bosh murabbiyi) - "Bunyodkor" yaxshi jamoa ekanligi malum edi. Umuman olganda qiyin o'yin o'tkazdik. Bolalarda hayajon va bosim bo'ldi, deb o'ylayman. SHogirdlarimning irodasi hisobiga g'alaba qozondik. Bu bilan to'xtab qolmaymiz.
Fikrlar