So’nggi yangiliklar

22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  0 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  43 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  24

O'zbekiston terma jamoasi Livan bilan uchrashuvga tayyor Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Livan bilan uchrashuvga tayyor

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 7 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvini o'tkazadi.
Mazkur bahsda Bahodir Ahmedov shogirdlari Livan terma jamoasiga qarshi to'p surishadi. Albatta, o'yinning ahamiyati har ikkala tomon uchun juda muhim, negaki, chorak finalni yutgan jamoa, kamida musobaqaning sovrindorlari qatoriga kirish uchun imkoniyatni saqlab qoladi. Bundan tashqari esa, yarim finalga yo'llanma olgan mamlakat terma jamoasi shu yilning o'zida o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati yo'llanmasini naqd qilib qo'yadi.

Livanga qarshi bo'lib o'tadigan bahsga milliy terma jamoamiz azolari jiddiy etibor qaratishmoqda. Bir kun oldin bo'lib o'tgan mashg'ulot chog'ida murabbiylar shtabi o'yinning ko'plab jihitlariga urg'u berishdi. Futzalchilar pressing qo'llashni va himoyadan tezkor hujumga o'tishga qaratilgan mashqlarni bajarishdi. CHorak final pley-off tizimida o'tkazilishini inobatga olib, murabbiylar penaltilarni ham unutishmadi.

Umuman olganda, terma jamoamiz to'g'risida gapiradigan bo'lsak, jamoaning ichidagi muhit juda yaxshi. Aynan ahillik va inoqlik Bahodir Ahmedov shogirdlarining kuchli tomonlaridan biri. Bu narsa o'zini nafaqat o'yin jarayonida, balkim kundalik hayotda ham aks ettirib kelyapti.

Terma jamoamiz ichidagi iliq muhit, umid qilamizki bugungi o'yinga ham ijobiy tasir qiladi va futzalchilarimiz ahilligi Livanni mag'lub etishga yordam beradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика