So’nggi yangiliklar

21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 21:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  27 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  19 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0

O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati elon qilindi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati elon qilindi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi.

Mazkur yig'in doirasida O'zbekiston terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan, 11 fevral kuni esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.



Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Akram Komilov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboev (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), SHohruz Norxonov (“Obod”).

Bo'lajak yig'in FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar Turkiyadagi o'quv-mashg'ulotlariga taklif etilmadi.

Eslatib o'tamiz, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O'zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.

Reyting: -115   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика