O'zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida Ummonni yirik hisobda mag'lub etdi
29 iyu 2018 11:38
Yangiliklar
O'zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida Ummonni yirik hisobda mag'lub etdi
Yig'in davomida Ravshan Haydarov shogirdlari Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
O'yin davomida to'liq ustunlik vakillarimiz tarafida bo'ldi va yakunda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ummonni 3-0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Terma jamoamiz tarkibida gollarni Aziz Turg'unboev, Zabihillo O'rinboev hamda Jasur Yaxshiboevlar kiritishdi. Olimpiya terma jamoamiz Ummon OTJga qarshi o'yinni quyidagi tarkibda o'tkazdi:
O'zbekiston OTJ: Rahim Davronov (Umid Ergashev, 70), Doston Tursunov, Abbos Otaxonov, Akrom Komilov (Husniddin G'ofurov, 82), Doniyor Narzullaev (Islom Kenjaboev, 82), Xurshid G'iyosov (Oston O'runov), Jasur Yaxshiboev (Islom Qobilov, 82), Aziz Turg'unboev (Bobur Abduholiqov, 62), Zabihillo O'rinboev (Andrey Sidorov, 70), Ikrom Aliboev (Oybek Rustamov, 82).
Fikrlar