O'zbekiston o'smirlari Franciya va Vengriyaga qarshi ikkitadan o'yin o'tkazadi
02 avg 2024 10:03
Yangiliklar
O'zbekiston o'smirlari Franciya va Vengriyaga qarshi ikkitadan o'yin o'tkazadi
O'zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bahslari oldidan Evropada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.
Islom Ismoilov jamoasi 18, 20 sentyabr kunlari Parijda Franciyaga qarshi, 24, 26 sentyabr kunlari esa Budapeshtda Vengriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi bahslarda maydonga tushishi rejalashtirilgan.
18, 20 sentyabr
Franciya — O'zbekiston
24, 26 sentyabr
Vengriya — O'zbekiston
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo kubogi saralashida guruhda Falastin, Xitoy Taypei va Iroq bilan kuch sinashadi. Bu guruh o'yinlari 19-27 oktyabr kunlari Xitoy Taypeida bo'lib o'tadi. 10ta guruh g'olibi va guruhlarda ikkinchi o'rinni egallagan 5ta jamoa 2025 yil 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o'tadigan Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar