So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  4 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0

O'zbekiston - "Oklend Siti" 0:0 Yangiliklar

O'zbekiston - "Oklend Siti" 0:0

Ayni paytda Dubayda O'zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zellandiyaning "Oklend Siti" klubiga qarshi bahs olib boryapti.

Mazkur uchrashuvning ikkinchi bo'limini matnli ko'rinishda etiboringizga taqdim etamiz.

Oklend Siti - O'zbekiston 0:0

"Oklend": Tamati Uilyams, Takuya Ivata, Mario Bilen, Angel Berlanga, Jon Irving, Tim Peyn, Rayan De Vri, Ivan Viselich, Marko Jorjevich, Emiliano Teyd, Fabricio Tavano.

Zaxira: Jeykob Spunli, Saymon Arms, Jeyms Pritchett, Kem Lindsi, Lui Kaunter, Endryu Milni, Sem Burfut, Day Vuk Kim, Devid Brauni.

Murabbiy: Ramon Tribule

O'zbekiston: Nesterov, SHorahmedov, Mullajonov, Ismoilov, Merzlyakov, SHodiev, Iskanderov, Ibrohimov, Murzoev, Sergeev, Rashidov.

Zaxira: Suyunov, To'raev, Yo'ldoshev, Krimec, Muhammadiev, Sayfiev, To'raev, Ibragimov, Hasanov, Olimov, Kapadze.

Murabbiy: Mirjalol Qosimov


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

48. Rayan de Frizning hujumini himoyachilarimiz bartaraf etishdi.

49. Ogohlantirish. Jon Irving hujumimizni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Vakillarimiz juda ham qulay imkoniyatga ega bo'ldilar. Jarima zarbasi.

50. Jamshid Iskanderov chap oyog'ida jarima zarbasini amalga oshirdi. Biroq Tamati Uilyams qiyinchiliksiz to'pni qaytardi.

54. Endi jarima zarbasini tepish navbati raqiblarimizda. Rayan de Friza o'zini sinab ko'rdi. Ammo bari bekor.

58. Nesterov aynan shu daqiqada jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

59. O'zbekiston terma jamoasining tarkibi to'liq o'zgardi. Maydonga Suyunov, To'raev, Yo'ldoshev, Krimec, Muhammadiev, Sayfiev, To'raev, Ibrohimov, Hasanov, Olimov va Kapadze tushdi. Bu orada "Okland" bir marotaba darvozamiz to'sinini poyladi. .

62. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Day Vuk Kimni SHavkat Salomov qo'pollik bilan yiqitdi va futbolchi maydonni tark etishga majbur. Oyog'i jiddiy shikast egan ko'rinadi.

65. O'zbekiston terma jamoasining birinchi o'yini bo'lganligi bois, o'yin "o'xshamayapti". Ikkinchi yig'inda hammasi boshqacha bo'lishiga ishonamiz. Boisi unda aksar legionerlar ham kelishadi.

76. Jon Irving jarima zarbasini tepish huquqini qo'lga kiritdi. Jonli devordan 4 nafar futbolchimiz o'rin oldi. Irvingni bu safargi zarbasi ham omadsiz.

80. O'yin tempi ikki tomonda ham sust. SHu boisto'p asosan maydon markazida.

82. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Navro'z Alimov o'yin tizginini o'z qo'liga olishga harakat qilyapti. 

88. Fabricio Tavano chap qanotdan ikki nafar futbolchimizni aldab jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni havolatib ikkinchi qismga uzatdi. Ammo ochiq qolgan darvozani ishg'ol qilish uchun "OS"dan futbolchi yo'q edi.

90. Bo'ldi, o'yin tugadi! Hakam bir daqiqa ham qo'shib bermadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика