So’nggi yangiliklar

12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  0 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  2 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  31 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  7 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  2 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  17 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5

O'zbekiston MTJ yarim yildan beri yutqazmayapti. Katanec termadagi o'yinlar borasida Kuperga yaqinlashdi va bir natija bo'yicha rekord qo'ydi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ yarim yildan beri yutqazmayapti. Katanec termadagi o'yinlar borasida Kuperga yaqinlashdi va bir natija bo'yicha rekord qo'ydi

O'zbekiston terma jamoasi oxirgi mag'lubiyatini o'tgan yil 27 sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o'rtoqlik o'yinida qabul qilib olgandi – 1:2.

SHundan keyin, Srechko Katanec shogirdlari 4 ta bahsda qatnashdi:

O'zbekiston – Qozog'iston 2:0

O'zbekiston – Rossiya 0:0

O'zbekiston – Boliviya 1:0

O'zbekiston – Venesuela 1:1

Katanec esa terma jamoa boshqaruvida o'tkazgan o'yinlarini 16 taga etkazib oldi va bu borada Ektor Kuperga (17 ta) yaqinlashdi. Ulardan oldinda esa quyidagi mutaxassislar bor:

1. Mirjalol Qosimov – 54;

2. Vadim Abramov – 44;

3. Rauf Inileev – 29;

4. Ravshan Haydarov – 25;

5. Samvel Babayan – 24;

6. Vladimir Salkov – 19.

Alisher Nikimbaevning xabar berishicha, 59 yoshli mutaxassis O'zbekiston MTJ 10+ g'alabaga erishgan ilk xorijlik murabbiyga aylandi. Bundan oldin “oq bo'rilar” bilan 10 va undan ortiq g'alabaga quyidagi mahalliy mutaxassislar erishgandi:

1. Mirjalol Qosimov – 22 ta;

2. Vadim Abramov – 20;

3. Samvel Babayan – 16;

4-5. Ravshan Haydarov – 13;

4-5. Rauf Inileev – 13;

6. Rustam Akramov – 10.

Sloveniyalik murabbiy 2021 yil avgustida O'zbekiston MTJ ustoziga aylandi va jamoa uning boshqaruvida 16 bahsning 10 tasida zafar quchdi, 2 marta durang o'ynadi va 4 marta yutqazdi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика