So’nggi yangiliklar

19:20Жо Коул АПЛ янги мавсуми фаворитини айтди  0 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  9 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

O'zbekiston MTJ Qirg'iziston chempionini yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Qirg'iziston chempionini yirik hisobda mag'lub etdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'in olib bormoqda.

Terma jamoamiz oktyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ana shu yig'in doirasida bugun Qirg'izistonning amaldagi chempioni "Erem" klubiga qarshi ikkinchi nazorat o'yini o'tkazildi. Uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritishdi. Eslatib o'tamiz, 22 iyulda tashkillashtirilgan birinchi o'yinda terma jamoamiz 6:5 hisobida zafar quchgan edi.


Nazorat o'yini

24.07.2019

O'zbekiston - "Erem" (Qirg'iziston) 6:0

Gollar: D.Jumaev 2, 33, D.SHavkatov 20, S.Jo'raev 41, D.Ibrohimov 48, 51

O'zbekiston MTJ: Darvozabonlar: Akmaljon Hazratqulov ("Paxtakor"), Islom Miraliev ("Bunyodkor").

Futzalchilar: Sunnatilla Jo'raev ("Nasaf"), Muhammad Zoirov ("Paxtakor"), Avaz Abduvaliev ("Paxtakor"), Laziz Ubaydullaev ("Dinamo"), Botir Rizaev ("Maksam-CHirchiq"), SHoxzod Sadiev ("Dinamo"), Dilmurod SHavkatov ("Paxtakor"), Husan G'aniev ("Navbahor"), Ahmadxon Mamadaliev ("Navbahor"), Isoxon Ibragimov ("Navbahor"), Dilmurod Jumaev ("So'g'diyona"), Davlat Ibrohimov ("Dinamo"), Abdulla Solixov ("Lokomotiv"), Ravshan Ismatullaev ("Dinamo").

Ogohlantirish: D.Ibrohimov 50


Takidlash joiz, ushbu yig'in 26 iyul sanasiga qadar davom etadi. So'nggi o'yin 26 iyulda AGMK klubiga qarshi tashkil etiladi.

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика