So’nggi yangiliklar

00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  21 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  6 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  3 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  98 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  18 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilariga! Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilariga!

"SHeryurak" filmini ko'rmagan inson yo'q yurtimizda. Ajoyib ishlangan tarixiy film. Filmdagi eng oxirgi epizodni eslaysizmi?

"SHunday qilib, ochlikdan sillasi qurigan, ruhan ezilgan shotland askarlarlari oxirgi kuchini to'plab, o'zidan har tomonlama kuchli ingliz armiyasiga qarshi ayovsiz jangga kirdi. Va o'zining asriy orzusi - ozodlikka erishdi"

Milliy terma jamoamizning ayni damdagi holatini xuddi shu filmdagi shotland jangchilariga o'xshatdim. So'ngi "hayot-mamot jangi" oldidan mag'lubiyatlar iskanjasi, omadsizlik, tanqidlar, tushunmovchiliklar ruhiy zo'riqish... Albatta bu qadar kuchli bosimni engish oson ish emas.

MTJning ashaddiy muxlislari nomidan futbolchilariga murojaat qilmoqchiman. Yigitlar, tushunib turibmizki sizlar JCHga chiqishni hammadan ko'ra ko'proq istaysiz. Turli gap-so'zlarni yoddan chiqaring! Avvalgi o'yinlar barchasi endi tarix. Unuting. Oldimizda haqiqiy "JANG" turibdi. Hammasi bittagina mana shu o'yinni o'zidagina hal bo'lib, biz Rossiya-2018 yo'llanmasiga ega bo'lishimiz uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Tabir joiz bo'lsa "Jahon chempionati" uchun haqiqiy o'yin ertaga bo'ladi. Undan avvalgi o'yinlar esa, shunchaki ertangi bahs uchun tayyorgarlik bo'ldi hisob.



Koreya ustidan g'alaba qozoning va guruhdagi vaziyat, tanqidlar, turli gap-so'zlar barcha-barchasini oyog'ini osmondan qilib tashlang. Futbolchi bo'lganingizdan beri o'tkazgan o'yinlaringizni eng sarasini, eng zo'rini mana shu o'yinda ko'rsating. Qarib, keksayganingizda nabiralaringizga aynan mana shu tarixiy g'alaba haqida hikoyalar aytasiz hali. Tasavvur qiling ertangi g'alaba bilan yurtimizning shaharu-qishloqlari, choyxonayu-guzarlarida "bayram" boshlanadi.

SHu birgina o'yin bilan xalqimiz qahramonlari sifatida tarixdan joy olishingiz mumkin.

Yuz yillardan keyin:
"SHunday qilib, mag'lubiyat va tanqidlardan charchab, sillasi qurigan O'zbekiston milliy terma jamoa futbolchilari 2017 yil 5 sentyabr oqshomida Janubiy Koreya ustidan g'alaba qozondi va o'zining uzoq yillik orzusi bo'lgan Jahon chempionatiga yo'l oldi", deya kelajak avlodlarimiz eslab yurishsin!

G'alaba  uchun biz muxlislar ham stadionda ko'z ko'rib, quloq eshitmagan, fantastik darajada qo'llab-quvvatlashga tayyormiz! Siz va biz - bir jamoamiz.
Olg'a O'ZBEKISTON!
Vaqt keldi...

Asakalik muxlis Dilshod Nurmatov




Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика