So’nggi yangiliklar

00:35Ла Лига. "Леванте" – "Реал Мадрид". Таркиблар аниқ!  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  0 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  0 23:21Англия лига кубоги. "Ливерпуль" – "Саутгемптон" ва "Линкольн Сити" – "Челси" учрашувлари учун таркиблар аниқ  0 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  9 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  44 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  5

O'zbekiston legionerlar terma jamoasi-2021 Yangiliklar

O'zbekiston legionerlar terma jamoasi-2021

So'nggi vaqt o'zbekistonlik futbolchilarning xorij klublariga transfer qilingani haqida xabarlar ko'payib bormoqda.

Jumladan, yaqinda Jasurbek Yaxshiboev Polshaning taniqli klublaridan biri “Legiya”, Bobir Abdixoliqov esa Ukraina Premer-ligasi vakili “Rux” bilan shartnoma imzoladi. Evropada o'zbek futbolchilarining ortayotgani albatta ko'pchilikni quvontiradi. Saytimiz orqali legionerlardan iborat ramziy jamoa taqdim etishga qaror qildik. Agar sizlarda ham fikr-mulohazalar bo'lsa, ushbu mavzu ostida o'z variantlarigizni yozib qoldiring.

Demak, asosiy tarkib bahosi 16.850.000 evroni tashkil qiladi (Transfermarkt'dagi narxlar olingan). Jamoadagi eng qimmat futbolchi esa “Jenoa” forvardi Eldor SHomurodov – 6,5 mln evro. Biroq, yaqinda italiyalik taniqli jurnalist Janluka Di Marcio SHomurodovning transfer narxi 2 baravarga ko'tarilgani haqida malumot bergandi.

Asosiy jamoaning o'rtacha yoshi esa 26,6 ni tashkil qildi.

DARVOZABON:

Mirzohid Mamatxonov, 26 yosh – “Super Yunayted” (Maldiv orollari, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 50 ming evro


HIMOYACHILAR:

Odil Ahmedov, 33 yosh – “Tyanczin Teda” (Xitoy, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,2 mln evro

Vitaliy Denisov, 33 yosh – “Tom” (Rossiya, 2-divizion)

Transfer qiymati – 600 ming evro

Rustam Ashurmatov, 24 yosh – “Kanvon” (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 700 ming evro

Islom To'xtaxo'jaev, 31 yosh – “SHenyan Urban” (Xitoy, 2-divizion)

Transfer qiymati – 450 ming evro


YARIM HIMOYACHILAR:

Otabek SHukurov, 24 yosh – “SHarja” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 2,5 mln evro

Jaloliddin Masharipov, 27 yosh – “SHabab Al Ahli” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 2 mln evro

Dostonbek Hamdamov, 24 yosh – “Xatta” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,2 mln evro


HUJUMCHILAR:

Eldor SHomurodov, 25 yosh – “Jenoa” (Italiya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 6,5 mln evro

Bobir Abdixoliqov, 23 yosh – “Rux” (Ukraina, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 900 ming evro

Jasurbek Yaxshiboev, 23 yosh – “Legiya” (Polsha, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 750 ming evro

Endi esa zaxiraga futbolchilariga to'xtaladigan bo'lsak. undagi eng qimmatbaho o'yinchi “SHabab Al Ahli” azosi Azizjon G'aniev (1,8 mln evro) hisoblanadi. 

HIMOYACHILAR:

Oleg Zoteev, 31 yosh – “CHonnam” (J.Koreya, 2-divizion)

Transfer qiymati – 500 ming evro

Artyom Filiposyan, 33 yosh – "Prachuap" (Tailand, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 250 ming evro

YARIM HIMOYACHILAR:

Azizjon G'aniev, 23 yosh – “SHabab Al Ahli” (BAA, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,8 mln evro

Oston O'runov, 20 yosh – “Ufa” (Rossiya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,5 mln evro

Jamshid Iskanderov, 27 yosh – "Seongnam" (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 675 ming evro

Ikromjon Aliboev, 27 yosh – “Seul” (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 600 ming evro

Sardor Mirzaev, 29 yosh – "Muangtong Yunayted" (Tailand, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 600 ming evro

Islom Kenjaboev, 21 yosh – "CHeju Yunayted" (J.Koreya, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 400 ming evro

SHahboz Umarov, 21 yosh – BATE (Belarus, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 300 ming evro

Vagiz Galiulin, 33 yosh – “Nefteximik” (Rossiya, 2-divizion)

Transfer qiymati – 200 ming evro

HUJUMCHILAR:

Igor Sergeev, 27 yosh – “Aktobe” (Qozog'iston, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 1,5 mln evro

SHahzod Ubaydullaev, 22 yosh – “SHaxtyor-Soligorsk” (Belarus, yuqori divizion)

Transfer qiymati – 450 ming evro

P.S. O'zbekiston legionerlar terma jamoasidan 23 futbolchi o'rin oldi. Uning umumiy qiymati 25.625.000 evroni tashkil etdi. Butun tarkibning o'rtacha yoshi - 25,2!


Eldor Akmurzaev tayyorladi

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика