So’nggi yangiliklar

17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  5 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  2 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  22 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  55 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  2 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  3 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5

O'zbekiston Kubogining 1/8 final o'yinlari tabiiy maydonlarda o'tkaziladi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogining 1/8 final o'yinlari tabiiy maydonlarda o'tkaziladi

25-26 mart kunlari O'zbekiston Kubogining 1/8 final dastlabki uchrashuvlari o'tkaziladi.

PFL qaroriga ko'ra, 1/8 finalning barcha o'yinlari tabiiy maydonlarda o'tkaziladi. Mazkur bosqichga etib kelgan klublar ichida faqatgina “UzDongJu”ning uy stadionining maydoni suniy qoplamalidir. Aytish kerak, “bo'yoqchilar” O'zbekiston Birinchiligida raqiblarini Andijonning SHo'rbuloq dahasidagi futbolga ixtisoslashgan maktab-internatning suniy qoplamali maydonida qabul qiladi. O'zbekiston Kubogining 1/16 final doirasidagi “SHo'rtan”ga qarshi o'yin ham aynan shu stadionda bo'lib o'tdi. “UzDongJu” 1/8 finalda “Lokomotiv” bilan hisob-kitob qiladi. O'yin 26 martga belgilangan va birinchi o'yinda “bo'yoqchilar” mezbon. Takidlaganimizdek, PFL talabiga ko'ra, mazkur uchrashuv suniy qoplamali maydonda o'tkazilmaydi. Yodingizda bo'lsa, PFL o'tgan yili ham 1/8 finalga chiqqan “Obod”, “Oq-tepa”, “Paxtakor-2” klublariga shunday talab qo'ygandi. 

PFLning bu talabi Reglamentga asoslanmagan. CHunki PFLning 2016 yil uchun ishlab chiqqan Reglamentida O'zbekiston Kubogi musobaqasi uchun alohida bo'lim ajratilgan bo'lsa-da, uchrashuvlar tabiiy qoplamali maydonda o'tkazilishi shart degan band yo'q. Bunday band o'tgan yili ham bo'lmagan edi. Malum bo'lishicha, tez orada Reglamentning aynan O'zbekiston Kubogi uchun ajratilgan bo'limiga shunday band kiritiladi va klublar ogohlantiriladi. Anig'i shuki, “UzDongJu” “Lokomotiv”ga qarshi o'yin uchun o'ziga boshqa stadion topishga majbur.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика