So’nggi yangiliklar

14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  0 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  0 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  2 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  6 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  20 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  8 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  18 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0

O'zbekiston Kubogi. Jizzaxdagi yil o'yinida "Navbahor" "So'g'diyona"ni yutdi va yarim finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. Jizzaxdagi yil o'yinida "Navbahor" "So'g'diyona"ni yutdi va yarim finalga chiqdi

O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Navbahor" bellashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Kubogi

1/4 final

"So'g'diyona" – "Navbahor" 2:3 

7 avgust. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Oybek Kalaxo'jaev

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Rishat Nugmanov

Zaxira hakami: Maruf Tilloev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Zoran Petrovich 55, 1:0, Giorgi Nikabadze 69, 1:1, Yovan Jokich 104, 1:2, Lyupche Doriev 109, 2:2, Filip Ivanovich 112, 2:3

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (21.Muhammadyusuf Sobirov, 46), 2.Sardor Qulmatov ( 17.Samandar Sindarov, 46), 3.Islomjon Qobilov, 5.Jasurbek Yoqubov, 8.Vladimir Yovovich, 11.Zoran Petrovich ( 68.Sardor Hoshimov, 105), 14.Lyupcho Doriev, 15.Xondamir Mustafoqulov (99.Umid Sultonov,107) 28.Stanislav Andreev (23.Suhrob Izzatov,75), 32.Nodirjon Soyibov (6.Alisher Salimov,  120), 33.Oleg Zoteev.

Zaxira:  4.Otabek Ahadov,  7.Muhammadsafo Fozilov, 22.Aleksey Nosko,  

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov, 8.Siyavash Haqnazari (55.Komil Tojiddinov, 60), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Sardor Rashidov (88.Asad Jo'raboev, 73) ( 7.Azim Ahmedov, 108) 12.Saidazamat Mirsaidov (17.Ruslan Jiyanov, 60), 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 77.Abror Ismoilov (21.Giorgi Nikabadze, 60)

Zaxira: 18.Eldor Suyunov, 4.Abror Karimov,24.Doston Abdulxaev, 27.Jahongir Tursunov, 

Ogohlantirish: Odil Hamrobekov ("Navbahor") 2, Sardor Qulmatov ("So'g'diyona") 37, Vladimir Yovovich ("So'g'diyona") 44, Samandar Sindarov ("So'g'diyona") 101, Farruh Sayfiev ("Navbahor") 115, Azim Ahmedov  ("Navbahor") 120, Nodir Soyibov ("So'g'diyona") 120, Sanjar Quvvatov ("Navbahor") 120, Farruh Sayfiev ("Navbahor") 120

CHetlatish: Farruh Sayfiev ("Navbahor") 120+5


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakuniga etdi. 

120+5. Ikkinchi ogohlantirish va chetlatish Farruh Sayfiev

120. Hakam qarorini o'zgartirdi va sariq kartochka ko'rsatdi. 

120. So'nggi ekstra-taymga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

120. VAR bu vaziyatni eshitmoqda.

119.CHETLATISH. Azim Ahmedov Yovovichni juda qo'pollik bilan to'xtadi va qizil kartochka bilan jazolandi. 

115. OGOHLANTIRISH. "Navbahor", Farruh Sayfiev

112. GOL. Jamshid Iskanderovdan yana bir ajoyib uzatma, Ivanovichdan katta ehtimol g'alaba goli

109. GOL. "So'g'diyona" hisobni tenglashtirdi. SHunchaki olov o'yin. Lyupche Doriev boshi bilan Quvvatov turgan darvozani aniq nishonga oldi. Zo'r o'yin

106. Ikkinchi ekstra-taym boshlandi. Bunda "So'g'diyona" o'zgarishga qo'l urdi, Xondamir Mustafoqulov o'rniga Umid Sultonov tushdi. 

105. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Zoran Petrovich o'rniga Sardorbek Hoshimov maydonga tushdi. 

104. GOL. Jamshid Iskanderov jarima zarbasini juda aniq amalga oshirdi, uning aylantirib bergan pasini Jokich boshi bilan darvozaga yo'lladi. 

101. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Samandar Sindarov

98. "So'g'diyona" jamoasida gol urish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. 

1. Dastlabki ekstra-taymlar boshlandi. 


90+5. Ekstra-taymlarga marhamat!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

85. "So'g'diyona" burchakdan to'pni o'yinga kiritdi, to'p Jokichning qo'liga tekkandek ko'rindi. Penalti belgilandi va bekor qilindi. 

75. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Stanislav Andreev o'rniga Suhrob Izzatov tushdi. 

73. O'ZGARISH. "Navbahor", Sardor Rashidov o'rniga Asad Jo'raboev. Rashidov jarohat sabab majburiy o'zgartirildi va u tez yordam mashinasiga yo'l oldi. 

69. GOL. Giorgi Nikabadze jarima maydonchasi ichida jamoadoshining ajoyib uzatmasini boshi bilan golga aylantirdi. 

67. ZARBA. Namanganliklar raqib jarima maydonchasi ichida xavfli hujum yaratdi. Nikabadze hujumga nuqta qo'yayyotgan vaqtda yosh posbon Muhammadyusuf 

60. O'ZGARISH. "Navbahor", Siyavash Haqnazariy o'rniga Komil Tojiddinov, Saidazamat Mirsaidov o'rniga Ruslan Jiyanov, Abror Ismoilov o'rniga Giorgi Nikabadze tushdi. 

55. GOL. "So'g'diyona" uchrashuvda hisobni ochdi. Sindarov - Yovovich kombinaciyasiga Petrovich chiroyli nuqta qo'ydi. O'yin yonmoqda. 

48. ZARBA. Sardor Rashidov qanot bo'ylab kirib borib zarba yo'lladi. Uning zarbasi xavfli chiqdi. 

46. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Milan Mitrovich o'rniga Muhammadyusuf Sobirov, Sardor Qulmatov o'rniga Samandar Sindarov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Vladimir Yovovich

37. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Sardor Qulmatov

24. Hakam jamoalarga suv ichib olish uchun imkoniyat berdi. 

22. "Navbahor" oldinda keng xudud bo'ylab hujumlar tashkil qilmoqda. Mitrovich hozircha o'z ishini yaxshi bajarmoqda. 

12. ZARBA. Abror Ismoilov jarima maydonchasi ichida qulay fursatni qo'ldan boy berdi. Mitrovichdan ajoyib seyv. 

8. "So'g'diyona" qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. Andreevning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

7. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovichga sariq kartochka ko'rsatildi. Murabbiy hissiyotlarini jilovlay olmagandi. 

5. UX. Sardor Rashidov super pas bilan Abror Ismoilovni birga-bir vaziyatga chiqardi. U esa to'pni ohista Mitrovichning qo'liga tutqazdi. 

3. VAR vaziyatni ko'rdi, hammasi joyida. 

2. OGOHLANTIRISH. "Navbahor", Odil Hamrobekov

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv 20:00da start oladi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика