So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

O'zbekiston kubogi endi xuddi Angliya kubogidek bo'ladi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi endi xuddi Angliya kubogidek bo'ladi

O'zbekiston Kubogi bellashuvlari yangi formatda o'tadi. Unda mamlakat Superligasining 12 ta hamda Pro-liganing 18 ta jamoasi g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Avvaldan belgilab qo'yilgani uchun “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining musobaqaga 1/8 final bosqichidan qo'shilishi o'z kuchini saqlab qoldi. Biroq endi ular o'zlarining bo'lajak raqiblari haqida malumotga ega bo'lmaydi.

SHu yildan etiboran “Nurafshon-S”, “Iftixor”, “SHerdor” hamda “Labsa” klublari katta futbolga kirib kelmoqda. Kubok bellashuvlarini aynan shu to'rt klub boshlab beradi. 1/32 final bosqichida ularga qulaylik yaratish maqsadida bir-biriga nisbatan yaqinroq bo'lgan “SHerdor” hamda “Labsa” jamoalari o'zaro o'ynashi, ikkinchi juftlikni esa “Nurafshon-S” hamda “Iftixor” tashkil qilishi belgilab qo'yildi. Bir o'yindan iborat pley-off g'olibi ikkinchi saralash bosqichiga yo'l oladi.

Kubokning yangi formatiga ko'ra, yarim finalga qadar barcha uchrashuvlar faqatgina bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi va unda mezbon jamoa nomini qura aniqlab beradi. Pro-liga klubining futbol maydoni talabga javob bermasa, u o'z viloyatidagi asosiy maydonda o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkin.

Ikkinchi saralash bosqichida yuqoridagi ikki juftlik g'olibi hamda Superliganing 8 ta, Pro-liganing 14 ta jamoasi — jami 24 ta klub ishtirok etadi. Bunda jamoalar hech qanday savatga ajratilmaydi. Savatchadan birinchi tortilgan jamoa mezbon maqomini qo'lga kiritsa, keyingisi uning raqibiga aylanadi.
 
Mana shu 12 ta juftlik g'olibi 1/8 finalga yo'llanma oladi hamda yuqoridagi kvartetga qo'shiladi. Qura bu bosqichda ham istalgan klubni bir-biriga raqib qilishi mumkin. PFL hamda “Sport” telekanali o'zaro kelishib, qura shaffof o'tishi uchun 1/8 finaldan boshlab jarayonni jonli namoyish etishga harakat qiladi.

Bunga qadar O'zbekiston Kubogida tabaqalanish mavjud bo'lib, jamoalar finalgacha duch kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy raqiblari haqida malumotga ega bo'lgan. Endilikda esa hech bir klubda bunday imkoniyat bo'lmaydi. Yarim final bellashuvlarigina uy-safar tizimida o'tadi.

PFL Pro-liganing o'zgartirilgan formatiga qura tashlash marosimini 27 mart — seshanba kuni o'tkazadi. O'zbekiston Kubogining 1/16 finaliga ham shu kuni qura tashlanadi. SHuningdek, birinchi saralash bosqichi bellashuvlari qachon va qaerda o'tishiga oydinlik kiritiladi.  
 
Yangi format o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yayotgan bir qator klublarga g'olib bo'lish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. O'yinlarda shiddat bo'lishi va barcha klublar Kubok bellashuvlariga jiddiy etibor qaratishi uchun ham shu yo'ldan yurildi. Qayd etish kerak, O'zbekiston Kubogida g'olib chiqqan jamoa Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика