So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" - "Nasaf" 1:0. Uchrashuv yakunlandi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" - "Nasaf" 1:0. Uchrashuv yakunlandi

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.
YANGILASH

Uchrashuv davom etmoqda. 6-daqiqada Rashidov-Pishur-SHorahmedov kombinaciyasi. Yakuniy zarbani Akmal yo'lladi. Suyunov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

17-daqiqada hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun Pishurga ogohlantirish ko'rsatildi.

27-daqiqada Rashidov tomonidan burchakdan oshirilgan to'pni G'ofurov boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Uch daqiqa o'tib Ayupov chamasi 28 metrlardan darvozaga kuchli zarba yo'lladi. Suyunov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

44-daqiqada "Nasaf"ning qarshi hujumi. Kenja To'raev darvozabonning olinga chiqib ketganidan foydalan olmadi. Uning zarbasi noaniq chiqdi.

Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

48-daqiqada "Nasaf"ning qarshi hujumi. Gevorkyan uzatgan to'pni To'raev darvozaga yo'lladi. G'ofurov shundoqqina darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytarib qoldi.

54-daqiqada To'p uchun kurashda raqib futbolchisiga nisbatan xavfli o'yin ko'rsatgani uchun Xayrulla Karimov ogohlantirildi.

55-daqiqa. "Bunyodkor" safida o'zgarish. Temur Ayupov o'rniga Voxid SHodiev maydonga tushirildi.

60-daqiqada "Nasaf"da yana bir imkoniyat. Bu safar Farruh Sayfiev tepgan to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

63-daqiqa. "Nasaf" tarkibida o'yinchi almashtirildi. Kenja To'raev o'rniga Igor Taran maydonga tushdi.

73-daqiqa. "Bunyodkor"da o'zgarish. Oleg Zoteev o'rniga Dostonbek Xamdamov maydonga tushdi.

80-daqiqa. Minori Sato o'rniga Dilshod jo'raev maydonga tushdi.

86-daqiqa. "Nasaf"da o'zgarish. Ilhom SHomurodov o'rniga Azamat Allaniyozov tushdi.

89-daqiqa. GOOOOOOOOOL. Voxid SHodiev!!!! Akramjon Komilov tomonidan uzatilgan to'pga Vohid SHodiev boshi bilan zarba berib, darvozani aniq nishonga oldi - 1:0.

Ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi.

90+1 daqiqa. Rashidovning jarima zarbasi... darvoza to'siniga tekkan to'p maydonni tark etdi.

O'yin yakunlandi. Hisob 1:0. Javob o'yini 1 iyul kuni Qarshi shahrida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston kubogi-2014
Yarim final. Birinchi uchrashuv
26 iyun. “Jar” stadioni. 19:00
“BUNYODKOR” – “NASAF” 0:0 LIVE
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Xusniddin SHodmonov (Buxoro), Andrey Capenko (Yangiyo'l)
Zaxira hakami: Baxtiyor Namozov (Toshkent)
Uchrashuv nazoratchisi: Radik Serazetdinov (Toshkent)

"Bunyodkor": Akbar To'raev, Akmal SHorahmedov, Xayrulla Karimov (S), Anvar G'ofurov, Javlon Ibrohimov, Sato Minori, Oleksandr Pishur, Sardor Rashidov, Oleg Zoteev, Akramjon Komilov, Timur Ayupov.
Zaxira: Pavel Bugalo, Dilshod Jo'raev, Vohid SHodiev, Islom Inomov, Sahob Jo'raev, Doston Hamdamov, Sergey Simonenko.

"Nasaf": Eldorbek Suyunov, Maqsud Karimov, Botir Qoraev, Ilhom SHomurodov, Kenja To'raev, Artur Gevorkyan (S), Erkin Boydullaev, SHerzod Azamov, SHuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov, Farruh Sayfiev
Zaxira: Mixail Naumov, Akromjon Baxritdinov, Laziz Ubaydullaev, Igor Taran, Odiljon Xamrobekov, Doniyor Narzullaev, Azamat Allaniyozov

Gol: Vohid SHodiev 89.

Ogohlantirishlar: Oleksandr Pishur 30, Xayrulla Karimov 54
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика