So’nggi yangiliklar

18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  0 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  1 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  2 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  4 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10

O'zbekiston Futbol Federaciyasining prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi Yangiliklar

O'zbekiston Futbol Federaciyasining prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

O'zbekiston Futbol Federaciyasining prezidenti Umid Ahmadjonov va uning boshchiligidagi federaciya azolari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi va dastavval “So'g'diyona” stadionidagi sharoitlar bilan tanishdilar.





Umid Ahmadjonov akademiya tarbiyalanuvchilar bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida yosh charm to'p ustalaridan ularga qanday sharoit yaratilganligi haqida malumot olgan Umid Ahmadjonov ,kelajakda ulardan bo'lajak olimpiada va jahon chempionlari bo'lishlariga ishonchini takidladi. Suhbatdan so'ng akademiya tarbiyalanuvchilariga to'plar sovg'a qildilar.






O'FF prezidenti ayollar jamoasi  mashg'ulotlariga ham tashrif buyurib,ularning faoliyati bilan ham tanishdilar. Tashrifi uchun minnatdorchilik bildirgan ayollar jamoasi  “So'g'diyona” super ligada ishtirok etishiga imkon berilsa,ular ham yuqori o'rinlar uchun kurasha olishlarini ishonch bilan takidlashdi. Suhbat so'nggida “So'g'diyona” ayollar jamoasiga to'plar sovg'a qilindi.




Kichik yosh toifasidagi futbolchilar bilan suhbat davomida Umid Ahmadjonov ko'zlari porlab turgan bu yosh charm to'p ustalariga jahonga mashxur futbolchilar etishib chiqishlariga ishonch bildirdilar va ularga ham to'plar sovg'a qilindi.





O'FF prezidenti “So'g'diyona”futbol akademiyasi uchun ajratilgan sobiq BO'SM ga ham tashrif buyurdi va u erdagi kamchiliklarni ko'zdan kechirib, ularni bartaraf etish buyicha federaciya azolariga kerakli ko'rsatmalar berdi. SHuningdek, yangi barpo etilayotgan “So'g'diyona” akademiyasi qurilish ishlari bilan tanishdilar.



Umid Ahmadjonov“So'g'diyona” PFK qarorgohiga ham ko'zdan kechirdi. Mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan Aleksandr Mochinov boshchiligidagi futbolchilar mashg'ulotlarni kuzatdilar va futbolchilar bilan suhbatlashdilar.O'FF prezidenti “So'g'diyona” endilikda yuqori o'rinlar uchun kurashuvchi raqobatbardosh jamoaga aylanishi lozimligi takidladilar.

Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov davlat va jamoat arbobi SHarof Rashidov xaykali poyiga gul qo'ydi . SHundan so'ng, O'FF azolari bilan birgalikda SH. Rashidov hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish maqsadida muzeyga tashrif buyurdi.


SHuni alohida takidlab o'tish kerakki ,Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Umid Ahmadjonovga Jizzax viloyat xokimi E.A Soliev hamrohlik qildilar va ular birgalikda Jizzax viloyat futbolini rivojlantirish Jizzaxda ham futbol bo'yicha yirik musoboqalar o'tkazishga kelishib olishdilar.

Tashrif so'nggida Umid Ahmadjonov Jizzax viloyat futboli va “So'g'diyona” jamoasining yurtimizda o'z o'rni bor ekanligini takidlab, O'zbek futboli rivoji uchun munosib hissa qo'shayotgan  barcha jizzaxliklarga minnatdorchilik bildirdilar.

SHu o'rinda biz ham Umid Ahmadjonov va O'FF xodimlariga tashrifi uchun minnatdorchilik bildiramiz va futbol rivoji uchun qilayotgan mehnatlari hamda faoliyatlariga omad tilab qolamiz.


«So'g'diyona» matbuot xizmati


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика