So’nggi yangiliklar

18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  1 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  8 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   6 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  14 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  1 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  6 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0

O'zbekiston Coca-Cola kubogi saralashida birinchilikning 8 klubi ishtirok etadi Yangiliklar

O'zbekiston Coca-Cola kubogi saralashida birinchilikning 8 klubi ishtirok etadi

18 mart kuni O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qura tashlanadi.

Avval malum qilinganidek, musobaqaning guruh bosqichida 24 ta klub ishtirok etadi. Coca-Cola Superliga hamda Pro liga klublari guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri qatnashadi. CHempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etuvchi klub(lar) esa kubok bellashuvlariga 1/8 finaldan boshlab qo'shiladi. Mana shu klub(lar) bo'sh qoldirgan guruhdagi o'rin(lar) uchun Birinchi liganing 8 jamoasi saralash bosqichi orqali kurash olib boradi.

Saralash AGMK klubining 7 aprel kungi xalqaro o'yini natijasidan kelib chiqib, ikki yoki uch bosqichda tashkil etiladi. I bosqich o'yinlari 28 mart kuni o'tkaziladi va unda sakkiz jamoa qura yordamida to'rt juftlik hosil qiladi. Bir uchrashuv natijasiga ko'ra, to'rt g'olib klub II bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Mazkur bosqichda to'rt klub ikki juftlik hosil qiladi va o'yinlar 4 aprel kuni bo'lib o'tadi.

AGMK 7 aprel kuni xalqaro o'yinda zafar quchsa, III bosqich bekor qilinadi va II bosqichning ikki g'olib klubi “Paxtakor” va AGMK o'rnida guruh bosqichida qatnashadi. AGMK 7 aprel kuni mag'lub bo'lsa, II bosqichning ikki g'olibi 13 aprel kuni O'zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining bitta yo'llanmasi uchun o'zaro maydonga chiqadi.

O'zbekiston Coca-Cola kubogi saralash bosqichida quyidagi klublar ishtirok etadi: “Lokomotiv-BFK”, “CHig'atoy”, “Rubin”, “Neftgazmontaj”, “Lochin”, “Zomin”, “Jomboy”, “G'ijduvon”. Birinchi ligada ishtirok etuvchi farm-klublar hamda hozirga qadar belgilangan talablarni bajarish orqali Birinchi ligadagi ishtirokini kafolatlab ulgurmagan klublar, kubok bellashuvlariga qo'yilmaydi.
 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика