So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  2 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  2 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Final chiptalari qachondan sotuvga chiqadi? Yangiliklar

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Final chiptalari qachondan sotuvga chiqadi?

30 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan “Navbahor” va “Nasaf” klublari o'rtasidagi O'zbekiston Coca-Cola kubogining final o'yini 17:00 da start oladi.

O'yinoldi tadbirlar mazkur havolada ko'rsatib o'tilgan. 

O'zbekiston Professional futbol ligasi final chiptalari savdosi shaffofligini taminlash maqsadida iTicket bilan hamkorlik qiladi. CHiptalar 25 oktyabr — seshanba kunidan boshlab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bunda chiptalar onlayn hamda offlayn tarzida sotuvga qo'yiladi. 

Nominal mezbon sifatida harakatlanuvchi “Navbahor” klubi muxlislariga 12, 13, 14 va shu ketma-ketlikda klub logotipi ko'rsatilgan sektorlardan chipta xarid qilish tavsiya etiladi. Nominal mehmon hisoblanuvchi “Nasaf” klubi muxlislari esa 6, 7, 8 va jamoa logotipiga yaqinroqda joylashgan qolgan sektorlarni tanlash tavsiya etiladi. 9, 11, 10A hamda 10B sektorlar chiptalari Buxoro shahrining o'zida neytral muxlislar uchun savdoga chiqariladi. Stadionning VIP maydonlariga tutash sektorlar uchun chiptalar savdosi onlayn amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Qashqadaryo hamda Namangandan tashrif buyuruvchi futbol muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar “Nasaf” va “Navbahor” stadioni kassalari orqali ham sotuvga chiqarilishi mumkin. O'zPFL har ikki klubni iTicket bilan bog'lash orqali bunga erishishni maqsad qilgan. Yani, klublar o'z muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida yuqorida tavsiya etilgan sektorlar chiptalarini iTicket yordamida o'z stadionlariga chaqirtirishi mumkin bo'ladi. 

Futbol muxlislaridan chiptalar masalasiga jiddiy yondashish so'raladi. Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda O'zPFL hamda iTicket futbol muxlislariga final uchrashuvini mavjud reglament hamda qonun-qoidalardan chetlashmagan tarzda kuzatib borish lozimligini eslatib o'tadi. CHiptalarda QR-code borligini inobatga olgan holda sotib olingan chiptalar begona shaxslar qo'liga tushishi yoki mazkur chiptalarni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish tavsiya etilmaydi. 

Final chiptalari CIP sektorlar uchun 75 000 so'mdan sotiladi. SHuningdek, toifasiga qarab 35 000, 30 000 hamda 25 000 so'mlik chiptalar savdosi amalga oshiriladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика