So’nggi yangiliklar

15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  13 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7

O'zbekiston chempionatida to'p tepgan yagona tunislik futbolchi SHaker Zuagi haqida Yangiliklar

O'zbekiston chempionatida to'p tepgan yagona tunislik futbolchi SHaker Zuagi haqida

2014 yil Igor SHkvirin murabbiyligidagi “Olmaliq” jamoasining qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga tunislik futbolchi qo'shildi.

Aftidan, o'zimcha ko'rikdan o'tish uchun kelgan oddiy bir o'yinchi bo'lsa kerak deb o'yladim. Arslanmirad Amanov bilan kelishuvga erisha olmagan jamoa boshqa bir turkmanistonlik futbolchi darvozabon Maqsadmurod SHomurodovni safiga qo'shib oldi. Transferlar oynasinig yopilishiga tobora oz fursat qolayotgani sabab jamoa yana bir legioner bilan kuchayib olishni ko'zlagandi. SHkvirin baribir yakunda tunislik SHaker Zuagi nomzodida to'xtaldi.

Mutaxassis kamdan kam hollarda xorijdan futbolchi tanlashda adashadi. Zuagi amalda bildirilgan ishonchlarni to'liq oqlashni boshladi. Evropa havosidan bahramand bo'lgan futbolchi yurtimizga kelguniga qadar SHvecariyaning “Cyurix”, Rossiyaning “Lokomotiv” jamoalarida o'ynagandi. Tajribali futbolchidan ko'p narsa kutilgandi. Zuagi O'zbekiston chempionatidagi ilk mavsumida olmaliqliklarning asosiy tarkibidan joy oldi va muhim bo'lagiga aylana oldi.

Oliy Ligada jami 22ta bahsda maydonga tushgan yarim himoyachi to'rt bor darvoza to'rini titratdi. Tayanch zonasidagi barqaror o'yini, maydonni yaxshi ko'ra olishi, jamoadoshlarini to'p bilan taminlab turishi poytaxt grandlarini etiborini tortmasdan qolmadi. Moliyaviy tomondan hozirgiga qaraganda bir muncha baquvvat “Bunyodkor” jamoasi mavsum yakunlanishi bilanoq Zuagiga taklif bilan chiqdi. Erkin agent sifatida Toshkentga ko'chib o'tgan futbolchining klubdagi faoliyati yorqin kechdi deb baralla ayta olamiz. Bir yarim yil mobaynida 37ta uchrashuvda 10ga yaqin gollar urdi, ko'plab gollarga assistentlik qildi. Asosiysi muxlislar etirofiga sazovor bo'ldi. 2016 yilni birinchi davrasidan so'ng “qaldirg'ochlar”ni tark etgan Zuagi BAA ikkinchi ligasi qatnashchisi “Al Halij” klubiga yo'l oldi. To'g'ri, unga Navoiyning “Qizilqum” jamoasi jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq, futbolchi yurtimizda “Bunyodkor”dan boshqa jamoada o'ynamasligini aytib o'tgandi. Zuagi o'tgan yili faoliyatiga yakun yasadi va hozirda tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqda.


SHaker Zuagi yurtimizdagi hayoti va faoliyati haqida quyidagi so'zlagandi.

“O'zbekiston haqida oldin deyarli hech qanday malumotga ega emasdim. Futboli borasida biror fikr bildira olmasdim. Menga taklif tushganida o'zimni boshqa mamlakatda sinab ko'rish istagi tug'ildi. Moslashishda qiynalmadim. Odatda bu erda legionerlar moslashishga qiynalishar ekan. Menda esa bu borada muammo bo'lmadi. “Olmaliq”da Igor SHkvirin qo'l ostida ajoyib bir yilni o'tkazdim.

SHundan so'ng meni “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan jamoasida ko'rmoqchi ekanligi haqida aytdi. “Olmaliq” bilan bir yillik shartnoma imzolagandim. Yil ohirida esa bitm o'z kuchini yo'qotdi. O'zbekistonda faoliyat boshlashimdan oldin tahminan 5-7 oy jarohat tufayli rasmiy bahslarda maydonga tushmagandim. O'ylashimcha klubdagi sharoitlarga ko'pgina jamoalar havas bilan qaraydi. Mashg'ulot o'tash uchun suniy va tabiiy maydonlar bor. Qishni qorli kunida ham bu hech qanday jiddiy tasir o'tkazmaydi.

U bilan til topishib ketishimiz oson kechdi. “Bunyodkor” bilan birinchi yil xech qanday sovrin yutmagan bo'lsakda bunga juda yaqin keldik. Agarda kubok finalida yutganimizda mavsumni sovrin bilan tugatardik. Faoliyatimda “Lokomotiv”, “Cyurix”, “Bunyodkor” muhim o'rin tutadi. Poytaxtdagi so'ngi yilimda biz jamoa bilan birinchi davrani yuqori darajada o'tkazdik. Mag'lubiyatga uchramadik. Klub nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi.

Golni noodatiy tarzda yani stul atrofida nishonlashga izohim oddiy. O'shanda mag'lubiyatlardan boshimiz chiqmayotgandi. “Mashal” bilan o'yindan oldin ruhshunos biz bilan mashg'ulot o'tkazdi. Bir soat davom etgan nazariy mashg'ulotda ruhshunosning bir gapi nafaqat meni balki boshqa jamoadoshlarimga ham tasir qildi. Inson o'z kuchiga ishonishi uchun bir joyda muqim o'rnashishi va o'z ishini mukammal tarzda davom ettirishi lozim ekan. Agarda ertaga gol ursam stul atrofida aylanib nishonlaymiz degandim”, - deydi Zuagi.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика