O'zbekiston bilan bir guruhda bo'lgan Misr Muhammad Salohni Olimpiadaga chaqiradimi?
29 iyu 2024 00:55
Yangiliklar
O'zbekiston bilan bir guruhda bo'lgan Misr Muhammad Salohni Olimpiadaga chaqiradimi?
Muhammad Saloh katta ehtimol bilan Parijdagi Olimpiya o'yinlarida qatnashmaydi. Liverpool Echo nashrining yozishicha, futbolchi "Liverpul"ning mavsumoldi tayyorgarliklariga qo'shiladi.
Misr futbol associaciyasi Muhammad Salohni Olimpiya o'yinlariga olib bormoqchi bo'lgan. Biroq, misrlik rasmiylar turnir boshlanishiga bir oydan kam qolganiga qaramay hali bu masalani "Liverpul" bilan muhokama qilishmagan.
Olimpiya o'yinlarining futbol musobaqasi 24 iyuldan 9 avgustga qadar o'tkaziladi. Finaldan sakkiz kun o'tib esa APL boshlanadi. Bu kabi qisqa vaqt va "Liverpul" Salohni qo'yib yuborishga majbur emasligi futbolchi Parijga bormasligini anglatadi.
Malumot uchun, "Liverpul" iyul oyining oxirida AQSHda turne o'tkazadi. Bu yig'in doirasida klub "Betis", "Arsenal" va "Man Yunayted" klublari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar